«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet255/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

273 
taxminan, 1.2 mlrd kishidan ortiq bo‗lib, shundan katoliklar – 700 mln, 

protestantlar – 400 mln va pravoslavlar – 100 mln kishi atrofida. Katoliklarning


asosiy qismi Amerikada (ular umumiy sonining yarmidan ko‗prog‗i) to‗plangan; 
Yevropada, taxminan, 200 mln kishi, Osiyo va Afrikada – 100 mln kishidan iborat.
Protestantlarning 40 foizi Amerikada, 1/3 qismi Yevropada (asosan, qit‘aning 
shimoliy qismida), Afrika va Osiyoda, mos ravishda, 40 va 70 mln, Avstraliya va
Okeaniyada – 20 mln kishi. Pravoslavlar va boshqa Sharqiy cherkovlar izdoshlari 
Janubi-Sharqiy Yevropa, Rossiya va Shimoli-Sharqiy Afrika aholisi orasida keng
tarqalgan.
Protestantlarning eng yirik guruhlaridan baptistlar – 75 mln, lyuteranlar – 70
mln, anglikanlar – 67 mln, reformatlar va presviterianlar – 52 mln, metodistlar – 43 
mln, pyatidesyatniklar – 8 mln, Iegova guvohlari – 5 mln, ―qutqarish armiyasi‖
izdoshlari – 5 mln, mormonlar – 4 mln, kongregasionalistlar – 3 mln, yettinchi kun 
adventistlari – 3 mln kishini tashkil etadi. Sharqiy cherkovlar vakillari orasida –
taxminan 20 mln monofisitlar va 100 ming kishi nestorianlardan iborat. Induistlar 
taxminan 550 mln, buddistlar – 300 mln (ular orasida maxayanistlar – 60%
atrofida), konfutsiylar – 200 mln, sintoistlar – 100 mln, daosistlar – 30 mln, sikxlar 
– 15 mln, jaynlar – 4 mln, zoroastrizm tarafdorlari – 300 ming, yazidlar – 100
ming kishiga teng.
Iudaistlar (yevrey yoki yahudiylar) 15 mln kishi atrofida bo‗lib, ularning
yarmidan ko‗prog‗i Amerika xalqlari hissasiga to‗g‗ri keladi. 
Musulmonlar orasida tug‗ilishning yuqoriligi tufayli keyingi yillarda ularning
soni nasroniylardan oshib ketdi (1,5 mlrd. kishi atrofida). Ularning, taxminan, 90 
foizi sunniylar, 9.5 foizga yaqini shialar va 0.5 foizi xorijiylardan iborat. Islomga
e‘tiqod qiluvchilar, asosan, Shimoliy Afrika va Osiyoda (uning Sharqiy qismi 
bundan mustasno) jamlangan. Boshqa barcha dinlarning izdoshlari, asosan, Osiyo
aholisi.





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling