IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
276
daosizmga, Koreyada – konfutsiylikka, Yaponiyada – sintoizmga ham e‘tiqod
qiladilar. Mo‘g‗ulistonning xudojo‗y aholisi – lamaist buddistlardir.
Osiyoning faqat ikki mamlakati, ya‘ni Filippin (asosan, katoliklar) va Kiprda
(pravoslavlar) nasroniylar yetakchilik qiladi. Mazkur dinga sig‗inuvchilar Livan
aholisi yarmidan ozrog‗ini tashkil etadi (maronitlar).
Osiyoda qabilaviy ibodat izdoshlari soni izchil kamayib bormoqda. Hozirgi
paytda ular faqat Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoning borish qiyin bo‗lgan tog‗li
o‗lkalaridagina saqlanib qolgan.
Afrikaning barcha arab davlatlarida, Somali va Jibutida islomning sunniy
mazhabi hukmronlik qiladi. Sahroi Kabirdan janubda joylashgan bir qator
mamlakatlarda (Sudan, Chad, Niger, Yuqori Volta, Mali, Senegal, Gambiya,
Gvineya, Gvineya-Bisau, Serra-Leone, Liberiya) musulmonlardan tashqari,
mahalliy dinlarga sig‗inuvchi muayyan guruhlar saqlanib qolgan. Efiopiya
aholisining 2/3 qismi nasroniylikning monofisit mazhabiga mansub. Nigeriyada
musulmonlar, asosan, mamlakat shimolida joylashgan bo‗lib, aholining yarmidan
ko‗prog‗ini tashkil etadi. Shu bilan birga, bu yerda nasroniylar va mahalliy
dinlarga sig‗inuvchi guruhlar ham mavjud. Qit‘aning boshqa mamlakatlarida
nasroniylar (protestantlar va katoliklar) hamda mahalliy dinlarga sig‗inuvchi
guruhlar turlicha nisbatda taqsimlangan. Umuman, yer sharida saqlanib qolingan
mahalliy dinlarga sig‗inuvchilarning deyarli 80 foizi Afrikada jamlangan.
Deyarli barcha Amerika mamlakatlarida nasroniylik boshqa dinlardan
ustunlik qiladi. AQSh va Kanadada protestantlar ko‗p bo‗lib, ular, o‗z navbatida,
xilma-xil diniy oqim va sektalarga bo‗linib ketganlar. Janubiy va Markaziy
Amerika aholisining ko‗pchiligi – katoliklar. Vest-Indiyaning bir orolida son
jihatdan katoliklar ustun bo‗lsalar, boshqasida – protestantlar. Kuba, Gayana,
Surinam hamda Trinidad, Tobagoda katolik hamda protestantlardan tashqari
Do'stlaringiz bilan baham: |