«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet257/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

275 
ustunlik qiladi. Belgiya, Lyuksemburg, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Italiya, 

Avstriya va Maltada katolik dini tarqalgan. Markaziy Yevropada katoliklar va


protestantlar soni deyarli teng, biroq, Germaniyada protestantlar orasida 
lyuteranlar, Shveytsariya va Gollandiyada esa – reformatlar ustunlik qiladi.
Gretsiyada ko‗pchilik xudojo‗ylar pravoslavlardan, Turkiyaning Yevropa qismida 
esa musulmonlardan iborat. Polsha, Chexiya, Slovakiya va Vengriya aholisi
orasida katoliklar, Bolgariya va Ruminiyada – pravoslavlar, Germaniyada – 
protestantlar (asosan, lyuteranlar), Albaniyada – musulmonlar (sunniylar)
ko‗pchilikni tashkil etadi. Sobiq Yugoslaviya respublikalarida ko‗proq 
pravoslavlar, qisman katoliklar va musulmonlar mavjud.
Osiyo aholisi diniy jihatdan nihoyatda xilma-xil. Islom barcha Old Osiyo 
mamlakatlarida (Isroil, Kipr va Livandan tashqari), Pokiston, Bangladesh, Maldiv
orollari, Indoneziya va Malayziyada yetakchilik qiladi. Kipr, Sharqiy Timor, 
Hindiston, Shri-Lanka, Filippin aholisining muayyan qismi musulmonlardan
iborat. Ko‗pchilik mamlakatlarda islom-ning sunniy mazhabi hukmronlik qilsa, 
Eronda shialikning mavqei yuqori. Iroq, Yaman Arab Respublikasi va Bahraynda
sunniylar va shialar soni deyarli teng. Eron, Hindiston, Pokistonda 
zoroastriylarning, Eron, Iroq va Turkiyada – yazidlarning kamsonli guruhlari
mavjud.

Hindiston va Nepal induizm tarqalgan asosiy hududlardir. Induistlar Shri-


Lanka va Bangladesh hamda Indoneziyaning Bali oroli aholisi orasida ham 
uchraydi.
Hindixitoy mamlakatlari va Shri-Lankada aholining ko‗pchiligi buddistlardan 
iborat (Vyetnamda – maxayana mazhabi, boshqalarda – txeravada). Shu bilan
birga, ayrim Sharqiy Osiyo mamlakatlari aholisi maxayana buddizmidan tashqari, 
bir vaqtning o‗zida boshqa dinlarga: jumladan, Xitoyda – konfutsiylik va






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling