«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet265/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

283 
7.

Xulq-atvor geografiyasi mazmun-mohiyatini nima tashkil qiladi? 


8.

Urf-odatlar geografiyasi haqida nimalarni bilasiz? 


16-BOB. SOTSIAL GEOGRAFIYA 
Reja:

16.1. Sotsial geografiyaning obyekti, predmeti va vazifalari.


16.2. Sotsial geografiyaning shakllanish tarixi. 
16.3. Sotsial-geografik tadqiqotlar.
16.4. Sotsial geografiyaning muhim vazifalari. 


Sotsial geografiyaning obyekti, predmeti va vazifalari.
Insoniyat 
taraqqiyoti asrlar davomida turli xil fanlar va ularning yutuqlari asosida shakllanib,
rivoj topib kelgan. Shu nuqtai nazardan fanlar tizimida geografiya fani ham o‗z 
mavqeiga ega va uning rivojida ko‗plab yangi-yangi tadqiqot va izlanishlar bo‗lishi
tabiiy. Xususan, keyingi yillarda mustaqil respublikamizda an‘anaviy iqtisodiy 
geografiyaning sotsiallashuvi va uning keng ma‘nodagi sotsial geografiyaga
aylanib borish jarayoni sodir bo‗lmoqdaki bu, albatta, ijobiy holatdir. 
Sotsial geografiya aholini yashash tarzi va sharoiti, dini, urf-odati, milliy
qadriyatlari, dam olishi, davolanishi kabi ko‗pgina sotsial hodisa va voqealarning 
hududiy tomonlari va xususiyatlari to‗g‗risida ma‘lumot beradi. Demak, sotsial
geografiya aholining sotsial (ijtimoiy) va tabiiy muhit bilan aloqasini o‗rganadi.
Sotsial geografiyaning eng muhim tushunchalaridan biri bu ―sotsial makon‖
tushunchasidir. Sotsial makon deganda, eng avvalo, kishilarning kundalik 
muayyan hududdagi hayotini, o‗zaro aloqalarini tushunamiz. Bunda turli kasb,
millat, yosh va jinsdagi aholining yashash joyi, uning hududiy umumiyligi 
(sotsiumi) nazarda tutiladi.





IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

284 
Yana shuni ta‘kidlash kerakki, sotsial geografiya tarkibiga bevosita aholiga 

xizmat ko‗rsatish sohalari geografiyasini kiritib bo‗lmaydi, chunki mazkur


yo‗nalish professor A.S.Soliyev ta‘biri bilan aytganda, ―bevosita sotsial va 
ijtimoiy-iqtisodiy geografiya o‗rtasida turadi va u iqtisodiy geografiyaning
sotsiallashuvi yo‗nalishidagi dastlabki muhim bo‗g‗in bo‗lib xizmat qiladi‖. 
Hozirgi kunda ―Sotsial geografiya‖ fani tez rivojlanayotgan fanlar qatoriga
kiradi. Sotsial geografiya bilan bog‗liq tadqiqotlarning roli va ahamiyati 
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolarini hal etishda muhim
ahamiyat kasb etib, endilikda uning tadqiqot doirasi tobora kengayib bormoqda. 
Ushbu fan yo‗nalishining noan‘anaviy sohalariga tibbiyot geografiyasi,
jinoyatchilik geografiyasi, din, turizm, rekreatsiya, fan va ta‘lim geografiyasi 
singarilarni kiritish mumkin hamda ular sotsial geografiyaning mazmunini yanada
boyitadi, zamonaviylashtiradi. Aytish joizki, zamonaviy iqtisodiy va sotsial 
geografiyada bevosita aholi bilan bog‗liq masalalarni o‗rganish muhim o‗rin
egallaydi. Ayniqsa, uning tarkibiga kiruvchi sotsial geografiyada jamiyat, aholi va 
uning sotsial jihatlari bilan bog‗liq qonuniyatlarni o‗rganish katta ahamiyat kasb
etadi.

So‗nggi davrlarda an‘anaviy iqtisodiy va sotsial geografiya fanining tadqiqot


obyekti va predmeti sezilarli darajada kengayib bormoqda. Avvallari ilmiy 
tadqiqotlarning bosh mavzusi sifatida asosida ko‗proq, sanoat, qishloq xo‗jaligi,
ishlab chiqarish kuchlari va ularni rivojlantirish masalalari yotgan bo‗lsa, bugungi 
kunga kelib, aholi va u bilan bevosita bog‗liq bo‗lgan jihatlarni o‗rganishga,
ayniqsa, uning sotsial jihatlari, salomatligi, dam olishi, davolanishi, turmush tarzi, 
urf-odatlari, dini, bilan bog‗liq jihatlarni o‗rganishga qiziqish ortdi va bu boradagi
ilmiy izlanishlarning hajmi ortib bormoqda. 
Jahonda XX asrning o‗rtalaridan boshlab bir qator iqtisodiy fanlardagi
―sotsiallashuv‖ jarayoni iqtisodiy geografiyaga ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatdi. Bu holat 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling