IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
292
Hozirgi davrda sotsial geografiya shakllanish jarayonini boshidan
kechirmoqda. Shu sababdan, aynan shu davrga xos bo‗lgan eng dolzarb
muammolar jumlasiga quyidagilar kiritiladi:
a)
ijtimoiy-geografik rayonlashtirish (prinsiplari, mezonlari, ko‗rsatkichlar
tizimi, tadqiqot usullari, iqtisodiy va boshqa turdagi rayonlashtirish turlari bilan
nisbati);
b)
aholining turmush tarzi va darajalaridagi, ijtimoiy tuzilmalar va ularning
tadrijidagi, ijtimoiy sohalarni hududiy tashkil etishdagi rayonlararo tafovutlar);
c)
umumlashtiruvchi
va
maxsus
ijtimoiy-geografik
tipologiyalar
(geodemografik vaziyat, shaharlar va aholi joylashuvi tizimlari, qishloq joylar va
boshqalar);
d)
tibbiy-geografik
tadqiqotlar
va
ularning
dolzarbligini
yetarlicha
baholamaslik va h.k.
Mazkur muammolarning har biri ijtimoiy geografiyaning to‗la shakllanishi va
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Sotsial geografiyaning obyekti va predmeti nima?
2. Sotsial geografiyaning fanlar tizimida tutgan o‗rnini aniqlang.
3. Sotsial-geografik tadqiqotlar nimalarni o‗z ichiga oladi?
4. Sotsial geografiyani tarkibini tushuntiring.
5. Sotsial sohalarni hududiy tashkil etish deganda nimani tushunasiz?
6. Sotsiallashuv jarayonini tushuntiring.
7. Sotsial geografiya sohasidagi yirik olimlarni sanab bering.
8. Sotsial sohalar bilan bog‗liq muassasalar joylashuviga qanday omillar ta‘sir
qiladi?
9. Sotsial geografiya rivojiga hissa qo‗shgan o‗zbek olimlari kimlar?
10. Sotsial geografiya rivojiga hissa qo‗shgan rus olimlarini ko‗rsating.
Do'stlaringiz bilan baham: |