«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
290 Falsafiy jihatdan tahlil qilinganda, agarda inson va uning turmush tarzi, mehnat qilishi, bilim va dam olishi, sog‗lig‗ini tiklashi, o‗y-xayollari, urf-odatlari bilan bog‗liq yoki bir so‗z bilan aytganda, keng ma‘nodagi ijtimoiy voqea- hodisalar makon va zamonda mavjud ekan, o‗z navbatida ularni vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishining hududiy qonuniyatlarini o‗rganish zaruriyatining tug‗ilishi tabiiy va ushbu masala, fanlar mantiqiga ko‗ra, avvalo, geografiya fanining tadqiqot obyekti doirasi-ga kiradi, aniqrog‗i u bilan sotsial geografiyaning shug‗ullanishi maqsad-ga muvofiqdir (Nazarov M., Tojiyeva Z. Ijtimoiy geografiya, 2003). Sotsial yoki tor ma‘nodagi ijtimoiy geografiyaning O‗zbekistonda shakllanishi va rivojlanishiga mahalliy olimlar, xususan A.Soliyev, I.Nazarov, Z.Tojiyeva, N.Komilovalar o‗z hissalarini qo‗shdilar. Jumladan, professor A.S.Soliyev o‗tgan asrning so‗nggi o‗n yilligida e‘lon qilingan qator risola va o‗quv qo‗llanmalarida an‘anaviy iqtisodiy geografiyaning rivojlanish yo‗nalishlarini ochib bergan va shu o‗rinda mazkur fanning sotsiallashuvi (ijtimoiylashuvi)ga alohida urg‗u bergan. Shuningdek, A.S.Soliyev ayrim hollarda ―sotsial‖ tushunchasi ―ijtimoiy‖ tushunchasiga to‗la mos kelmasligi ni ta‘kidlab, birinchi atamaning ham ba‘zan ishlatilishini maqsadga muvofiq, deb biladi. Mustaqillik yillarida O‗zbekistonda sotsial geografiyaga bag‗ishlangan qator ishlar amalga oshirildi. A.S.Soliyev rahbarligida M.Nazarov tomonidan aholiga tibbiy xizmat ko‗rsatish muammolari bo‗yicha yoqlangan dissertatsiya (1996) an‘anaviy iqtisodiy geografiyadan sotsial geografiya tomon muhim bir qadam bo‗ldi. Buning davomi sifatida keyinchalik fan, va ilmiy tadqiqotlar geografiyasi (X.Nazarova, 1997), tibbiyot geografiyasi (N.Komilova, 1999; 2012), jinoyatchilik geografiyasi (A.Qayumov, 2006) bo‗yicha dissertatsiyalari yoqlandi. Keyinroq tibbiyot geogra-fiyasiga daxldor yana bir nechta dissertatsiya himoya qilindi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling