IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
286
foydalanilganligi manbalardan ma‘lum. Yana bir tadqiqotchi G.S.Dunbarning
ta‘kidlashicha, ushbu tushuncha ilk bor P.de-Ruzening 1884-yilda chop etilgan
sotsial geografiya bo‗yicha izlanishlarida qo‗llanilgan (Nazarov M., Tojiyeva Z.
Ijtimoiy geografiya, 2003).
Le-Ple ilmiy maktabining taniqli namoyandasi E.Demolen esa sotsial
geografiyani ―sotsiogeografiya‖ tarzida talqin qiladi va uning mohiyati mahalliy
shart-sharoitlar (shu jumladan, tabiiy sharoitlar)ni ijtimoiy rivojlanishga, ―ijtimoiy
guruh‖larning vujudga kelishiga ta‘siri sifatida tushuntiradi.
1895-yili ilk bor ―Sotsial geografiya‖ tushunchasi E.Reklyuning ―Umumiy
geografiya‖ asarida qo‗llanildi. Bunda u sotsial geografiyani tabiiy shart-
sharoitlarning kishilarni mehnat va turmush tarziga hududiy jihatdan ta‘sir etishi
ma‘nosida qo‗llagan.
XX asrning boshlarida Niderlandiyada geografiya va sotsiologiyaning
uyg‗unlashuvidan vujudga kelgan ―yangi fan‖ – sotsial geografiya paydo bo‗ldi.
Uning predmeti ―jamiyatdagi guruhlar va o‗zaro aloqadorliklarning regional
taqsimlanishini o‗rganish‖ deb tushuniladi. Mazkur fan tarmog‗ining aynan
Gollandiyada paydo bo‗lishi ham bejiz emas. Chunki, uning amaliy vazifalari,
aholisi zich va yer resurslari taqchil bo‗lgan Gollandiyada mintaqaviy rejalashtirish
masalalarini hal etishda o‗ta dolzarb ahamiyat kasb etdi.
Sotsial geografiyaning vujudga kelishi va rivojlanishiga sobiq Ittifoq geograf
olim va tadqiqotchilari ham munosib hissa qo‗shganlar. Bu davrda sotsial
geografiyaning rivojlanishida shartli uch bosqichni ajratib ko‗rsatish mumkin:
1. XX asrning 50-yillarigacha bo‗lgan davr.
2. XX asrning 50-70 yillari.
3. 70-yillardan hozirgacha bo‗lgan davr. Sotsial geografiyaning nazariy va
amaliy jihatlari aynan mana shu davrda sezilarli tarzda rivojlandi. Ayniqsa, aholiga
xizmat ko‗rsatish sohalari geografiyasi bo‗yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |