«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet274/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

293 


17-BOB. TIBBIYOT GEOGRAFIYASI 
Reja:
17.1. Tibbiyot tizimi – tibbiyot geografiyasining tadqiqot obyekti sifatida. 

17.2. Tibbiyot geografiyasining fanlar tizimida tutgan o‗rni. Tadqiqot obyekti


va predmeti. Fanlararo bilan aloqasi. 
17.3. Zamonaviy tibbiyot tizimining tuzilishi va rivojlanishi.
17.4. Nozogeografiya.
17.5. Aholining tibbiy xizmatga bo‗lgan ehtiyojlari, uning turlari va
qondirilishi darajasi. 
Tibbiyot geografiyasi geografiya hamda tibbiyot fanlari oralig‗ida vujudga 

kelgan fandir. Uning rivojlanishi bilan iqtisodiy geografiyaning ijtimoiylashuvi


jarayonlari yanada jadallashdi. Bularning natijasi o‗laroq, tibbiyot geografiyasi 
zamonaviy iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning sotsial qanotidan o‗rin olib, uni
yanada rivojlantirdi. 


Tibbiyot geografiyasi
– inson salomatligi va turli kasaliklarning vujudga 
kelishiga ta‘sir etuvchi omil va sharoitlar, ularning mamlakat hamda rayonlarda
tarqalish qonuniyatlari va xususiyatlarini o‗rganadi. 
Ko‗pchilik olimlar tibbiyot geografiyasini mustaqil fan tarmog‗i sifatida
vujudga kelish vaqtini XIX asrning o‗rtalari deb hisoblaydilar. Shu davrdan 
boshlab, to hozirga qadar tibbiyot geografiyasining tadqiqot obyekti va predmeti
borasida olimlar tomonidan turli-tuman fikrlar bildirildi va mazkur fanning 
predmeti muttasil takomillashib bordi.
Tibbiyot geografiyasining obyekti ko‗p qirrali va murakkab bo‗lishi bilan 
birga, u o‗z ichiga aholining salomatligi va uning o‗zgarishlarini, kasalliklar hamda
sog‗liqni saqlash sohasini qamrab oladi. 




IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

294 
Tibbiyot geografiyasining ko‗pchilikka tushunarli bo‗lgan ta‘rifi A.A.Keller 

tomonidan berilgan: ―Tibbiyot geografiyasi, geografik muhitning kompleks tabiiy,


ijtimoiy-iqtisodiy omillarini aholining salomatlik holatiga, inson kasalliklarining 
vujudga kelishi va tarqalishiga ta‘siri qonuniyatlarini o‗rganadi‖.
Tibbiyot geografiyasining boshqa fanlar bilan o‗zaro aloqalari juda keng va 
xilma-xildir. U, avvalo, iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning aholi geografiyasi
bilan chambarchas bog‗langan, shuningdek, demografiya, sotsiologiya, 
kartografiya, mamlakatshunoslik, etnografiya, sotsial statistika, landshaftshunoslik,
iqlimshunoslik, ekologiya, biogeografiya, sotsial ekologiya, epidemiologiya, 
parazitologiya, sotsial gigiyena va sog‗liqni saqlashni tashkil etish, kurortologiya,
zoogeografiya kabi fanlar bilan mustahkam bog‗liq. 
Tibbiyot geografiyasining mustaqil fan sifatida tanilishi (garchi ko‗pchilik
olimlar tomonidan XIX asrning o‗rtalari, deb hisoblansa-da), tibbiy-geografik 
tadqiqotlarga oid masalalar qadimgi Sharq va G‗arb olimlarining (Ibn Sino,
Gippokrat) asarlarida yoritilgan. Ammo, hozirgi tushunishdagi tibbiyot 
geografisiga oid bo‗lgan dastlabki yirik tadqiqot – ―Обобщение всеобщей
медицинской практической географии‖ – nemis olimi Finke tomonidan 1792-
yilda amalga oshirilgan. Bunda, u tibbiyot geografiyasini ―Joyning aholi
salomatligi va kasalliklariga ta‘sirini o‗rganuvchi fan‖, deb hisobladi. 
Tibbiyot geografiyasining rivojlanishiga xorijiy olimlardan Finke, Shnurrer,
Buden, Rayt, Girsh, Fuks, Mey, Masako, Ratwel, Stemp, Bojyo-Garne, Layt va 
boshqalar o‗z hissalarini qo‗shdilar.
XX asr boshlariga qadar Rossiyada tibbiyot geografiyasining nazariy va 
amaliy masalalari P.Z.Kondoidi, N.I.Toropov, N.I.Pirogov, I.M.Sechenov,
S.P.Botkin, 
I.P.Pavlov,
E.X.Ikavitts, 
N.I.Litunovskiy,
A.F.Zmeyev, 
P.I.Preobrajenskiy, D.V.Mertsalov, K.P.Andreyev, P.A.Bursev, N.A.Korjavin,
K.S.Morkotun, 
S.P.Lovsov,
G.I.Arxangelskiy, 
P.A.Peskov,
I.A.Peskov, 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling