«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet277/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

297 
Zamonaviy tibbiy-geografik tadqiqotlarga, avvalo, mazkur fanga doir nazariy-

metodologik tadqiqotlarning tez rivojlanishi; tibbiy-geografik tadqiqotlar


natijalarining amaliyotda qo‗llanishini kuchaytirish; mintaqaviy tibbiy-geografik 
tadqiqotlarni avj olishi hamda tibbiyot kartografiyasini tez rivojlanayotganligi
xosdir.

Hozirgi tibbiy-geografik tadqiqotlarda rayonlashtirish masalalari tobora


ko‗proq amalga oshirilmoqda. Binobarin, uning ilmiy asoslari, tamoyillari 
A.A.Keller tomonidan 1962-yildayoq ishlab chiqilgan edi. Chunonchi, tibbiy-
geografik rayonlashtirish bu kompleks tadqiqotlarning natijasi bo‗lib, aholini 
salomatlik holati, tabiiy va sotsial-iqtisodiy shart-sharoitlarni inson salomatligiga
ta‘siri, inson kasalliklarini vujudga kelishi va tarqalishi jarayonlarini qamrab oladi. 
Tibbiy-geografik tadqiqotlar va ularga bo‗lgan amaliy talab-ehtiyojlar hozirda
tibbiyot geografiyasi oldiga quyidagi vazifalarni qo‗yadi: 

tabiiy sharoit (omillar) yoki ularning majmualarini aholi salomatligiga 


ta‘sirini o‗rganish;



kompleks tabiiy va ijtimoiy iqtisodiy omillarning inson kasalliklarini


vujudga kelishi va tarqalishidagi rolini aniqlash; 

landshaftlar va alohida olingan davlatlarda inson kasalliklarini vujudga 


kelishi va tarqalishi qonuniyatlarini aniqlash;



tibbiy-geografik ishlanmalarni amaliy tatbiqi masalalarini kuchaytirish.


Tabiatda turli xil landshaft ko‗rinishlari quruqlik va suvliklar, sahro va 
o‗rmonlar, tog‗ va tekisliklar mavjud bo‗lib, ularning barchasida insonlar o‗ziga
xos faoliyat ko‗rsatadilar. Har bir landshaft doirasida tashqi muhit omillarining u 
yoki bu turi inson jismiga ko‗proq ta‘sir ko‗rsatadi.
Abu Ali ibn Sino ham kasalliklarning kelib chiqishi sabablarini aniqlashda va 
davolashda tashqi muhitdagi sharoitning (iqlim, ob-havo, turarjoy, ovqatlanish)
ta‘siriga alohida e‘tibor qaratgan edi. 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling