«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
298 O‗rta Osiyo hududida yashab ijod qilgan mashhur tabiblar, jumladan, Abu Bakir ar-Roziy asarlarida kishilarda uchraydigan kasalliklarning aksariyat qismi uning yashash joyi bilan bog‗liqligi qayd etilgan. U, hatto, kasalxonalar qurilishida joyning iqlimi, joylashgan o‗rni kabi jihatlarga e‘tibor berish zarurligini ta‘kidlagan. Shuningdek, tibbiyot ilmining asoschisi Gippokrat o‗z asarlarida turli makon va manzillarda yashovchi kishilar salomatligini baholashda mazkur joyning iqlimi, suv va tuproq tarkibi, o‗simlik va hayvonot dunyosi kata ahamiyat kasb etishini alohida izohlab o‗tgan. Olimning ta‘kidlashicha, inson umumiy tabiat olamining bir qismi bo‗lib, uning tashqi tuzilishi va ichki ruhiyatini shu tabiat shakllantiradi. Bu haqda Gippokrat shunday deb yozgan edi. ―Odam jismining tabiatini tashqi muhit belgilaydi. Jamiyat esa o‗z qonun-qoidalari bilan odam tabiatini o‗zgartirishi mumkin‖. Shunga o‗xshash fikrlar vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy tomonidan ham ilgari surilgan. Uning yozishicha ―Odamlar tuzulishlarining rangi, surati, tabiat va ahloqi turlicha bo‗lishi faqatgina nasablarning turlichaligidan emas, balki tuproq, suv, havo va yerning, kishilar yashaydigan joylarning turlichaligidan hamdir‖. Inson salomatligi va ular orasida uchraydigan kasalliklar hududiy tafovutlarga ega. XVIII asrda yashab ijod qilgan fransuz olimi Sharl Monteskye o‗zining ―Qonunlar ruhi to‗g‗risida‖ nomli asarida ―Iqlimning hukumronligi barcha kuchlardan ustunroqdir‖, degan shiorni olg‗a surgan edi. XIX asrning oxiri XX asrning boshlaridayoq tibbiyot meteorologiyasi sohasida rus iqlimshunoslari A.I.Voyeykov, A.P.Sokolov, A.A.Kaminskiy kabi olimlar tadqiqotlar olib borishgan. Ayniqsa, bu xususda tibbiyot geografiyasida iqlim bilan bog‗liq masalalarni o‗rganishda rus olimi A.S.Berg tomonidan ishlab chiqilgan, iqlimning sinflarga ajratilgan tavsifi muhim ahamiyatga ega bo‗ldi. Olim tibbiy geografik jihatdan mamlakat iqlimini 12 ta tabaqaga ajratgan. U iqlim va ob-havoni sinflarga ajratish orqali salomatlikning hududiy jihatlarini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling