«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


Download 1.44 Mb.
bet254/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org


ya‘ni

xristianlik
yuzaga keldi. 1054-yilda u ikki: pravoslav va katolik 




IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

272 
yo‗nalishlariga ajraldi. XVI asrda katolik dinidagi islohotlar natijasida undan (Rim 

papasi hokimiyatini inkor qiluvchi va ilk nasroniylikka qaytishni yoqlovchi)


protestantizm ajralib chiqdi. Protestantizm bir qancha mustaqil oqimlar (eng 
yiriklari: anglikanlar, lyuteranlik, kalvinizm, reformatlar va h.k.) ko‗rinishida
shakllandi va o‗z navbatida ular ham mayda bo‗lakchalarga bo‗linib ketdi. 
Nasroniylik tarkibida yuqorida qayd etilgan uchta (pravoslav, katolik va protestant)
asosiy tarmoqdan tashqari, yana ikkita nisbatan kam tarqalgan, V asrda shakllanib, 
diniy marosimlari pravoslavlarga yaqin bo‗lgan monofisit va nestorian
yo‗nalishlari mavjud. 
Boshqa monoteistik din –

islom
VII asrda arablar orasida shakllandi. Yangi 
din oradan ko‗p o‗tmay uchta: sunniy, shia va xorijiy yo‗nalishlariga ajralib ketdi.
Sunniylik va shialik o‗rtasida siyosiy masalalarda, ayrim diniy marosimlar va 
an‘analar bo‗yicha tafovutlar mavjud. Siyosiy tafovut shundaki, agar sunniylar
xalifalik hokimiyatini yoqlasalar, shialar esa imomat tarafdoridirlar. Diniy 
marosimlar va an‘analardagi farqlar ham anchagina. Sunniylikda shialikda mavjud
bo‗lgan ―Muta‖, ―Shaxsey-Vaxsey‖ va boshqa marosimlar yo‗q. Sunniylar Makka 
va Madina shaharlarini muqaddas hisoblasalar, shialar Iroqdagi Karbalo va Najaf
shaharlarini muqaddas deb biladilar. Sunniylar Sunnani butunligicha etirof etadilar, 
shialar esa uning ba‘zi qismlarinigina tan olishadi. Bu oqimlar orasida bunday
tafovutlar juda ko‗p, shu bilan birga, ma‘lum o‗xshashliklar ham bor. Masalan, 
mahdiylik – oxir zamon bo‗lishi va Mahdiy (arabcha, Olloh tamonidan to‗g‗ri
yo‗lga yetaklovchi) kelishi haqidagi diniy ta‘limot ikkala oqimda ham mavjud. 
Xorijiylar sunniylarga yaqin bo‗lib, ular o‗z izdoshlariga qattiq talablarni
qo‗yadilar – zeb-ziynatni qoralaydilar, musiqa va raqsni taqiqlaydilar va h.k. 
Alohida dinlarga e‘tiqod qiluvchilar soni haqidagi ma‘lumotlar birmuncha
noaniq va ishonchsiz bo‗lishiga qaramasdan, har holda ular turli dinlarning ta‘sirini 
baholash imkonini beradi. Nasroniylarning umumiy soni dunyo bo‗yicha,






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling