«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet251/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

269 
Keyinchalik bir etnosning ma‘lum qismi eski xudolariga sig‗inishda davom etsalar, 

boshqalarining yangi dinni qabul qilish hollari tez-tez ro‗y berib turdi. Shunday


qilib, xalqlar asta-sekin ko‗pxudolikni qabul qila boshladilar. Jahon dinlarining 
vujudga kelishi bilan etnik va diniy chegaralar muvofiqligi barham topadi. Ba‘zi
holatlarda diniy tafovutlar til jihatdan o‗zaro yaqin (gollandlar va flamandlar; 
serblar va xorvatlar va h.k.) aholi guruhlarining milliy chegaralanishida muhim rol
o‗ynaydi.
Keyingi davrlarda diniy mansublik va etnik mansublik o‗rtasidagi aloqalar
susaya bordi. Ko‗pgina yirik zamonaviy xalqlar turli dinlarga sig‗inuvchi kishilar 
guruhlarini o‗zida birlashtiradi, ayni paytda, bitta dinga ko‗plab etnoslar e‘tiqod
qilishlari ham mumkin. Hozir, faqat ba‘zan, unda ham shartli ravishda milliy dinlar 
haqida gapirish mumkin (arman-grigorian cherkovi – ko‗pchilik armanlar,
sintoizm – yaponlarning asosiy qismi, sikxizm – panjobliklarning ma‘lum qismi va 
h.k.).
Ba‘zi mamlakatlarda hukmron mavqega ega dinga e‘tiqod qilmaydigan 
deyarli barcha aholi milliy kamsonli guruhlar tarkibiga kiritiladi. Jumladan, Eronda
nafaqat armanlar, assiriyaliklar, yahudiylar, shu bilan birga, fors xalqining bir 
qismi bo‗lgan gebrlar (zoroastriylar) ham milliy kamsonli guruh sifatida e‘tirof
etiladi. Ayrim arab davlatlarida etnik kamsonli guruhlarga nafaqat musulmon 
bo‗lmagan aholi, hatto islomning mazkur mamlakatda hukmron mavqega ega
bo‗lmagan mazhabiga mansub guruhlar ham kiritiladi.
Etnik birliklarda bo‗lgani kabi, diniy birliklar uchun ham tabaqalashuv xosdir.
Har bir din turli yo‗nalishlar, mazhablar, oqimlar va sektalarga bo‗linadi. Odatda, 
mamlakatlar yoki xalqlar shartli ravishda musulmon, nasroniy (xristian), budda
dinlariga ajratiladi, biroq quyi taksonomik darajalarga tushgan sari bunday bir 
xillik yo‗qola boradi.






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling