«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet247/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

265 
o‗zlashtirish, qabul qilish orqali sodir bo‗ladi, shaxs inson sifatida shakllanadi. Shu 

bilan birga, shaxsda o‗tkinchi ehtiyojlarni – yurist, iqtisodchi, injener, shifokor,


pedagog, san‘atkor bo‗lish, boy bo‗lish, amaldor bo‗lish, shon-shuhrat qozonish, 
turli unvonlar olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish kabi istaklar ham paydo
bo‗ladi. Buning uchun ta‘lim muassasalarida qunt bilan o‗qib, dunyo va jamiyat
ularning taraqqiyot qonunlari to‗g‗risidagi umumiy bilimlarni egallash, maxsus
kasbiy fanlarni o‗rganish, izlanish, hayotiy tajriba orttirish, intellektual salohiyatga 
ega bo‗lish zarur.
Madaniyat kishining nafaqat ijtimoiylashuvini, shuningdek, jamiyat bilan 
integratsiyalashuvini ham ta‘minlaydi. Madaniyat insonga barkamollikka
erishishga, ijodiy kuchlarini namoyon etishga ko‗maklashadi. Shaxsning madaniy 
darajasini baholashda uning aqli, tafakkuri, ongi, axloqi, xulq-atvori ham muhim
o‗rin tutadi. Madaniyat insonning yashirin, betakror individual xususiyatlari, 
qobilyatlarini ro‗yobga chiqarish, o‗stirish va rivojlantirishga yordam beradi.
Shaxsni barkamol qilib yetishtirishda jamiyat madaniyatining bir qator 
tizimlari alohida ahamiyatga ega. Masalan:
Siyosiy madaniyat
– kishilarning siyosiy ongi, manfaatlari, maqsadlarini 
ifodalovchi siyosiy-huquqiy g‗oyalar majmuidir. Siyosiy madaniyat jamiyatning
turli ijtimoiy tabaqalari manfaatlari bilan bog‗liq holda vujudga keladi va siyosiy 
faoliyatda namoyon bo‗ladi. Har bir ijtimoiy tabaqa o‗zining siyosiy
manfaatlaridan kelib chiqib g‗oyalar, dasturlar ishlab chiqadi, siyosiy tashkilotlar 
tuzadi va siyosiy hokimiyat uchun turli usullar, vositalar bilan amaliy harakat
qiladi.

Siyosiy madaniyat



huquqiy madaniyat
bilan bog‗liq. Huquqiy madaniyat 
qonunlarni bilish, ularga amal qilish, huquqiy ong, huquqiy saviya, huquqiy
munosabatlar, huquqiy faollik madaniyati demakdir. 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling