«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet245/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

263 
Madaniyat tartibga soluvchi vazifani ham bajaradi, ya‘ni kishilar o‗rtasidagi 

o‗zaro munosabatlarni belgilangan tartib-qoidalar, axloqiy-huquqiy normalar


asosida tartibga solishga xizmat qiladi. 
Madaniyat kishilar o‗rtasida o‗zaro fikr almashuv bilan bog‗liq bo‗lgan, aloqa
uchun xizmat qiladigan vazifani bajaradi. Bu borada til asosiy vosita rolini 
o‗ynaydi. Gap shundaki, madaniyatning bir qator sohalari – fan, san‘at, texnika va
boshqalarning o‗ziga xos tili bo‗lib, ularni bilmasdan turib madaniyatni to‗laligicha 
bilib bo‗lmaydi.
Madaniyat aksiologik vazifani ham bajaradi, ya‘ni kishilar tomonidan 
moddiy, ma‘naviy, estetik, axloqiy qadriyatlarni egallashga, yomondan yaxshini,
bema‘ni, xunuk narsalardan go‗zallikni ajrata bilishga ko‗maklashadi. 
Madaniyat ijodkorlikni rivojlantirish vazifasini ham bajaradi. Insonni mavjud
madaniyatga tanqidiy-ijodiy qarash, isloh qilish, takomillashtirish, yangi bilimlar, 
qoidalar, qadriyatlar, tartib-qoidalar yaratishga undaydi.
Madaniyat kishilardagi jismoniy va ruhiy toliqishni haydash, hordiq 
chiqarish, tiklanish, kayfiyatini ko‗tarish yo‗lidagi tadbirlar, o‗yinlar tashkil
etuvchi vazifalarni ham bajaradi. 
Madaniyat doimo taraqqiy etuvchi ko‗p qirrali jarayon, uning tarkibiga
kiruvchi elementlari o‗zgarib turadi. Shu jihatdan tadqiqotchilar madaniyatni 
o‗ziga xos belgilari, sifatiga qarab bir necha turlarga bo‗ladilar. Madaniyatga
sivilizatsion nuqtai nazardan yondashuvchi mutaxassislar insoniyat bir necha 
sivilizatsiyalarni bosib o‗tganligini ta‘kidlaydi.
Madaniyatni tili, dini, an‘analari, qadriyatlari, iqtisodiyoti yaqinligini 
inobatga olib, milliy, mintaqaviy, davriy jihatdan bir necha turlarga bo‗lish keng
tarqalgan. Milliy madaniyatda diniy, axloqiy, badiiy, moddiy, geografik yaqinlik, 
umumiylik nazarda tutiladi. Madaniyatni irqiy omilni nazarda tutgan holda bo‗lish
holatlari ham uchraydi. Fransuz faylasufi J.Gobino jamiyat, madaniyat, din, til 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling