«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
264 to‗laligicha irqiy jihatlar bilan bog‗liq, madaniyat mavjud tabiiy sharoit bilan bog‗liq deb tushuntiradi va Yevropa madaniyatini negroid madaniyatdan eng yuqori, ustun darajada deb hisoblaydi. XX asrning ikkinchi yarmida ayrim mutaxassislar jamiyat va madaniyat sohasida yuz bergan o‗zgarishlarni tushuntirish uchun ―kontkultura‖, ―subkultura‖ tushunchalarini qo‗llay boshladilar. Kontkultura deganda, hukmron madaniyatga qarshi nazariyalar, qadriyatlar, falsafiy, badiiy qarashlar, ideallar tushuniladi. Subkultura deganda, jamiyatdagi turli sinflar, tabaqalar, guruhlarga xos madaniy jihatlar hisobga olinadi. Shuning-dek, qashshoqlar, kambag‗allar, o‗rta tabaqalar, yuqori tabaqalar, jamiyat-dagi ―elita qatlamlari madaniyati‖ degan tushunchalar ham ishlatiladi. Masalan, ayrim tadqiqotchilar kambag‗al tabaqalar madaniyati shaxsiy gigiyenadan tortib, bilim darajasigacha bo‗lgan sohalarda past saviyada namoyon bo‗ladi, deb tushuntiradilar. Jamiyatni umumiy madaniyat asosida birlashtirishga intiluvchi ommaviy madaniyat mavjudligi haqida fikr bildiruvchilar ham bor. Yoshlar orasida modaga berilgan xotin-qizlar, ayrim musiqaga berilgan yoki alohida jargon bilan gaplashishni xush ko‗radigan subkulturalar haqida ham fikr mavjud. Shahar madaniyati, qishloq madaniyati, kasb madaniyati – ular o‗rtasidagi farqlar haqida ham gapiriladi. Bularning hammasi madaniyatning murakkab tarkibiy tizimdan iborat ekanligini ko‗rsatadi. ―Madaniyatshunoslik‖ fanida shaxs kamoloti muhim masaladir. Shaxsning barkamol inson bo‗lib yetishishida tarixiy, ijtimoiy-madaniy muhitning ta‘siri katta. Inson ma‘lum ijtimoiy-madaniy muhitda dunyoga keladi, go‗daklik chog‗idayoq shaxs ijtimoiy-madaniy muhitni tayyor holda topadi. Mavjud ijtimoiy-madaniy muhit ta‘sirida shaxs ijtimoiy shaxsga aylanadi. Shaxsning ijtimoiylashuvi madaniy-ijtimoiy muhit yaratgan va rioya qilinadigan qadriyatlarni, urf-odatlarni, axloq-odobni, moddiy va ma‘naviy boyliklarni, g‗oyaviy andozalarni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling