IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
254
borada har bir hududning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik imkoniyatlari asosiy
omil bo‗lib xizmat qiladi.
O‗zbekistonda mehnat yoshidagi aholi salmog‗ining yuqoriligi, mehnat
resurslarini muntazam ko‗payib borishini ta‘minlaydi.
Hozir respublika qudratli mehnat salohiyatiga ega. Mehnat zaxiralari bugun
aholining deyarli 50 foizini tashkil etadi va har yili 210-220 ming kishiga ko‗payib
bormoqda.
Mehnat salohiyatining muhim xususiyati uning yosh va kasb tarkibidir.
O‗zbekiston aholisining o‗rtacha yoshi 24 yoshga teng. Bu XXI asr bo‗sag‗asida
mehnat zaxiralari yuksak, mehnat faolligi, kasb tayyorgarligi bilan ajralib
turadigan odamlar ko‗pchilikni tashkil etishiga imkon beradi.
Ish bilan band bo‗lgan aholini tarkibiy jihatdan qayta taqsimlash hamda
mehnatga layoqatli yoshlarni yangi ilg‗or tarmoqlar va sohalarga jalb qilish ham
mehnat salohiyatidan samarali foydalanishning qudratli zaxirasidir. Hozir qishloq
xo‗jaligida barcha ijtimoiy ishlab chiqarish xodimlarining uchdan bir qismidan
ko‗prog‗i band.
Mehnat zaxiralarining umumiy va professional ta‘lim darajasi yuqoridir.
Respublikada majburiy umumiy o‗rta ta‘lim qonun yo‗li bilan mustahkamlab
qo‗yilgan. Bunday ta‘limni umumiy (majburiy) ta‘lim maktablari, litseylar,
gimnaziyalar, o‗rta maxsus, kasb-hunar o‗quv yurtlari va tijorat maktablarining
keng tarmog‗i orqali olish mumkin. Bu borada qiziqarli va namunali statistika
mavjud. 15 va undan katta yoshdagi har 1000 kishiga hisoblaganda, oliy va
to‗liqsiz oliy ma‘lumotlar soni ancha ortdi. Hozirgi vaqtda u 143 kishini tashkil
etadi. Shu bilan birga, ta‘lim olish 11,4 yilga yetdi. Har 1000 kishining 200 nafari
o‗rta maxsus ma‘lumotli mutaxassislardir. Moddiy ishlab chiqarish va xizmat
ko‗rsatish sohasida band bo‗lgan to‗rt kishining bittasi oliy yoki o‗rta maxsus
Do'stlaringiz bilan baham: |