IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
252
Ushbu yosh guruhlari ishlab chiqarishda qatnashishi darajasi, mehnatning
samaradorligi, o‗z kasbidagi malakasi bilan o‗zaro farq qiladi. ―Mehnat yoshi‖
tushunchasi fanga aholishunos olim B.Urlanis tomonidan kiritilgan.
Mehnat resurslari.
Aholining kerakli fiziologik rivojlanishiga, aqliy
qobiliyatga ega bo‗lgan va xalq xo‗jaligida band bo‗lgan qismi mehnat resurslari
deyiladi. Mehnat resurslari soni jonli mehnatning mavjud imkoniyatini ifodalaydi.
Mehnat resurslari jamiyat bag‗rida ham miqdor, ham sifat jihatdan rivojlanib
boradi. Mehnat resurslarining miqdoriy rivojlanishi aholining tabiiy o‗sishi va
migratsion harakatiga bog‗liqdir. Mehnat resurslarining sifatiy taraqqiyoti esa
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga, davlatning aholining ishga
bandligi bo‗yicha olib borayotgan siyosatiga bog‗liqdir.
Har bir mavjud davrda mehnat resurslari bandlik sferalari bo‗yicha bo‗linadi.
Bu sferalar ijtimoiy mehnat (davlat tashkilotlarida, muassasalarida va
korxonalarida, jamoatchilik tashkilotlarida), shaxsiy mehnat (uy xo‗jaligi, shaxsiy
xo‗jalik), bilim olish (ishlab chiqarishdan ajralgan holda bilim oladigan o‗quv
muassasalari) va qurolli kuchlar sferalardir.
Iqtisodiyotda davlat sektori rolining oshib borishi jamiyatda ishchi va
xizmatchilarning ko‗payishiga olib keladi.
Aholining yuqori darajadagi ijtimoiy ishlab chiqarishda bandligi, mehnat
resurslarining sekin tabiiy ko‗payishi sharoitida, mehnat resurslaridan samarali
foydalanish masalasini qo‗yadi.
Mehnat resurslarining shakllanishi, ularning xalq xo‗jaligi sohalari bo‗yicha
tayyorlash va mehnat resurslaridan foydalanish juda ko‗p sotsial muammolarni hal
etishni talab etadi.
Aholi tarkibida mehnat resurslari salmog‗ining muntazam ko‗payib yoki
kamayib borishining ham ijobiy, ham salbiy oqibatlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |