«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
248 50 foizi yoki yarmi buzilayotganligi ma‘lum. Boshqacha qilib aytganda, oila qurgan yoshlarning deyarli yarmi ajralib ketmoqda. Tabiiy holki, nikohning qisqa davom etishi oilada bola sonining o‗z-o‗zidan kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari, barcha iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlar qatori, Shimoliy Amerikada ham fan-texnika rivojlanib, ishlab chiqarish sohalariga kirib borishi natijasida aholining tarkibida ishsizlar miqdori tobora ko‗payib bormoqda. Ishsiz, boshpanasiz aholining ertangi kunga ishonchi, oila qurish va farzand tarbiya qilishga iqtisodiy imkoniyati bo‗lmaydi. Ana shunday holatlar tug‗ilishning kamayib ketishiga olib keladi. Umuman olganda, kapitalistik munosabatlarning keng tarqalishi va rivojlanishi oilaning farzandlarga bo‗lgan ham iqtisodiy, ham ma‘naviy ehtiyojini nihoyatda pasaytirib yubordi. Fikrimizning dalili sifatida eng taraqqiy etgan kapitalistik davlatlardan biri – AQSh oilalaridagi tug‗ilish ko‗rsatkichlariga murojaat etaylik. Agar, 1950-yilda har bir amerika oilalarida o‗rtacha 3-4 tadan bola tug‗ilgan bo‗lsa, 1970-yili bu ko‗rsatkich 2-3 taga, bugunga kelib esa 1-2 tagacha kamaydi. AQSh da farzandsiz oilalar salmog‗i ko‗payib bormoqda. Bu davlatda o‗tkazilgan sotsiologik tadqiqotlarning ko‗rsatishicha, ko‗pchilik oilalarda faqat bittadan farzand bo‗lib, ularning 44 foizi kutilmagan, 15 foizi xohlanmagan farzandlar ekan. Mutaxissislar ushbu ahvolni ―Amerika oilasida inqiroz‖ deb atashmoqda. Bu inqiroz Amerika Qo‗shma Shtatlari kelajagi uchun muammomi, yo‗qmi? Uni ushbu davlat aholisining taraqqiyot tarzidan kelib chiqib aniqlamoq lozim. Shunday qilib, biz yuqorida jahon mamlakatlari oilalarida tug‗ilish jarayonidagi o‗zgarishlar bilan tanishib chiqdik. Ma‘lum bo‗ldiki, hozirgi paytda yer shari xalqlari oilalarida farzandlarning tug‗ilish jarayoni bir xil emas ekan. Bir guruh mamlakatlar oilalarida tug‗ilish juda kamayib ketgan bo‗lsa, ikkinchi bir guruhda esa, aksincha, juda yuqoridir. Boshqa bir guruh davlatlar mavjudki, ularda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling