IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
246
Birinchi guruh
– tug‗ilish darajasi yuqori bo‗lgan davlatlar. Bunga Afrika
davlatlari (deyarli hammasi), Osiyo va Janubiy Amerikadagi qator davlatlar,
Avstraliya va Okeaniya hamda O‗rta Osiyo davlatlari kiradi. Bu davlatlardagi
oilalarda farzandlarning o‗rtacha soni to‗rttadan to sakkiztagacha, ba‘zi hollarda
esa undan ham yuqori bo‗ladi. Ushbu davlatlardagi oilalarda tug‗ilish darajasining
bunday yuqori bo‗lishiga olib keluvchi qator omillarning asosiylari quyidagilar:
yuqorida zikr etilgan davlatlar, asosan, iqtisodiy jihatdan rivojlanayotgan davlatlar
bo‗lib, aholisining, ayniqsa, ma‘lumotlilik darajasi nisbatan past, ayollar ijtimoiy
ishlab chiqarishda kam ishtirok etadi, shahar tarzining shakllanishi sust, tug‗ilishni
cheklash haqidagi tushunchalar va unga kerakli tibbiy vositalar keng tarqalmagan.
Shuni alohida ta‘kidlab o‗tish lozimki, tug‗ilish darajasining yuqoriligi ba‘zi
bir demografik oqibatlarni keltirib chiqaradi. Jumladan, aholi soni juda tez
ko‗payib, yangi oilalar vujudga keladi, aholi tarkibida bolalar salmog‗i yuqori
bo‗ladi. Bu demografik oqibatlar esa, o‗z o‗rnida, qator ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarga sabab bo‗ladi.
Yuqorida qayd etilgan davlatlar aholisi keyingi 10-14 yil davomida yiliga
o‗rtacha 2,7-3,2 foizdan ko‗paydi va dunyo aholisidagi salmog‗i 23 foizdan oshdi.
Ikkinchi guruh
oilalarda tug‗ilish darajasi o‗rtacha bo‗lgan davlatlar
guruhidir. Ushbu guruhga dunyo bo‗yicha jami 44 ta davlat kiradi. Ulardan 25 tasi
Yevrosiyoda, 2 tasi Afrikada, 16 tasi Amerikada va 1 tasi Avstraliya va
Okeaniyada. Ularning aholisi yer shari aholisining qariyb 40 foizini tashkil etadi.
Ushbu davlatlardagi oilalarda o‗rtacha ikkitadan to‗rttagacha farzandlar bor. Bu
guruhga kirgan davlatlar aholisi har yili 1,9 foizdan ko‗payib bormoqda. Mazkur
davlatlarda oilaning bunday shakllanishi ularning tarixan tarkib topib kelgan
ijtimoiy-iqtisodiy omillari bilan bog‗liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |