«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 243
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
242 iqtisodiy taraqqiyot tug‗ilish darajasini belgilovchi asosiy omillardan hisoblanadi. Bu hol O‗zbekistonning demografik taraqqiyotida ham o‗z aksini topgan. O‗zbekistonda tug‗ilish jarayonini quyidagi 3 bosqichga bo‗lib o‗rganish maqsadga muvofiq: 1. Oktabr inqilobiga qadar. 2. Sovet hokimiyati yillarida. 3. Mustaqillik davri. Ma‘lumki, aholining ko‗payib yoki kamayib borishi, birinchi navbatda, uning tabiiy o‗sishiga, ya‘ni tug‗ilish va o‗lim jarayonlariga bog‗liqdir. Tug‗ilish darajasini ifodalovchi eng ko‗p qo‗llaniladigan ko‗rsatkich tug‗ilishning umumiy koeffitsiyenti bo‗lib, u ma‘lum hudud va davr uchun har 1000 aholiga nisbatan tug‗ilganlarni ifodalaydi. Tug‗ilish koeffitsiyenti (n), bir yilda tug‗ilganlar soni (N), aholining o‗rtacha soni (S): n N S 1000
aholiga nisbatan o‗lganlar sonini ifodalaydi. O‗lim koeffitsiyenti: m M S 1000
ifodalaydi. Aholining tabiiy o‗sishi (R) tug‗ilish koeffitsiyenti (n) va o‗lim koeffitsiyenti (m) orasidagi musbat farqni anglatadi: R = n – m Nikoh, ajralish kabi demografik jarayonlar ham koeffitsiyentlarda ifodalanadi. Nikoh koeffitsiyenti: в В S 1000
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 243 Bu yerda: в – nikoh koeffitsiyenti, B – bir yilda nikohga kirganlar soni, S – aholining o‗rtacha soni. Ajralish koeffitsiyenti: а А S 1000
aholining o‗rtacha soni. Biz yuqorida tug‗ilish, o‗lim, nikoh va ajralish kabi demografik jarayonlarni ifodalovchi umumiy, eng ko‗p qo‗llaniladigan koeffitsiyentlar bilan tanishdik. Ushbu koeffitsiyentlarda 1000 ta aholi o‗lchov sifatida olingan. Ushbu koeffitsiyentlar orqali har 1000 aholiga nisbatan tug‗ilganlar, o‗lganlar, nikohga kirganlar va ajralganlar soni aniqlanadi va hosil bo‗lgan ko‗rsatkich (raqam) yoniga ‰ (promille) belgisi qo‗yiladi. Promille har 1000 aholiga nisbatan olinganligini bildiradi. Demografik jarayonlarning umumiy koeffitsiyentidan tashqari maxsus koeffitsiyentlari ham mavjud bo‗lib, ular har bir jarayonda bo‗layotgan o‗zgarishlarni atroflicha o‗rganishga yordam beradi. O„lim. Aholi o‗limi uning takror barpo bo‗lishidagi asosiy jarayondir. Chunki, aholining tabiiy o‗sishi tug‗ilish bilan bir qatorda o‗limga ham bog‗liqdir. Tug‗ilish yuqori, o‗lim kam bo‗lgan hollardagina aholining tabiiy o‗sishi yuqori darajada bo‗ladi. Maxsus olib borilgan tadqiqotlarning ko‗rsatishicha, jamiyat taraqqiyoti davomida XVIII asrning ikkinchi yarmiga qadar dunyoning barcha hududlarida o‗lim juda ko‗p bo‗lgan. Olimlar tomonidan aholi o‗rtasidagi o‗lim sabablari 2 ta guruhga ajratiladi: 1. Endogen sabablar. 2. Ekzogen sabablar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling