«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet225/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

241 
tashkilotlar kiradi. Hindistonda tug‗ilishning kamayishiga aholi savodxonlik 

darajasining oshishi ham ta‘sir etmoqda. Masalan, 1971-yili Hindiston aholisining


29,4 foizi savodli edi; hozirgi davrda 40 foizga yaqini savodlidir. Tug‗ilishni 
nazorat qilish hamda xalqning savodlilik darajasini ko‗tarish, tibbiyotni
rivojlantirish natijasida Hindiston davlati tug‗ilishni ancha kamaytirishga erishdi. 
Masalan, 1970-1990-yillarda har bir ayolning o‗z farzand ko‗rish davri davomida
ko‗rgan farzandlar soni 5,4 dan 3,3 ga kamaydi. 
Ma‘lumki, Osiyo aholisining 70 foizdan ko‗prog‗ini Xitoy va Hindiston
aholisi tashkil etadi. Shuning uchun ham Xitoy va Hindistonda tug‗ilishning 
kamayishi butun Osiyo bo‗yicha tug‗ilish ko‗rsatkichiga ta‘sir qildi. 1970-1990
yillarda tug‗ilish bu yerda deyarli 40 foizga kamaydi. Holbuki, xuddi shu davrda 
tug‗ilish Xorijiy Yevropada 16 foizga, Avstraliya va Okeaniyada 19 foizga,
Afrikada esa 5 foizga kamaygan, xolos. Tug‗ilishning kamayib borishi sobiq SSSR 
tarkibidagi xalqlarda ham kuzatiladi.
XIX asr oxirlariga qadar sobiq Ittifoq hududida yashovchi barcha xalqlarda 
tug‗ilishning juda yuqoriligi kuzatilgan. Masalan, farzand ko‗rish davrida (dunyo
bo‗yicha ayollarning 15-49 yosh davri) har ming kishiga nisbatan tug‗ilgan bolalar 
soni 1861-1865-yillarda 50,7 tani tashkil qilgan bo‗lsa, 1911-1913-yillarga kelib
bu ko‗rsatkich 43,9 taga kamaydi, lekin bu raqam ham yuqori ko‗rsatkichdir. 1920-
yillardan boshlab esa, sobiq Ittifoqda tug‗ilish juda keskin – ellik besh yil ichida
(1925-1990) deyarli 2 martaga kamaydi. Biroq bu jarayon barcha respublikalarda 
bir tekisda borgan emas. Asosan, Boltiqbo‗yi, Belorussiya, Moldaviya, Rossiya va
Ukrainada, ya‘ni xo‗jaligida sanoat yetakchi bo‗lgan respublikalarda tug‗ilish 
keskin kamayib ketgan.
Shunday qilib, biologik jarayon bo‗lgan tug‗ilish va uning miqdori, ijtimoiy-
iqtisodiy omillarning oila muhitiga bevosita ta‘siri orqali o‗zgarib boradi. Ijtimoiy-






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling