«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet222/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

238 
aholi ro‗yxatdan o‗tkazildi. Hozirgi paytda dunyodagi deyarli barcha davlatlarda 

aholi ro‗yxati o‗tkaziladi. Faqat ba‘zi bir rivojlanayotgan davlatlarda iqtisodiy,


siyosiy sabablarga ko‗ra aholi ro‗yxati o‗tkazilmaydi. 
Bugungi kunda barcha davlatlarda aholi va uni ijtimoiy demografik
guruhlarining demografik taraqqiyotini o‗rganish uchun statistik ma‘lumotlar 
mavjuddir. Aholi ro‗yxatlari ilmiy asoslangan dasturlar orqali juda keng
mavzularni qamrab olgan holda, har 5-10 yillarda o‗tkazib turiladi. Hozirgi davrda 
o‗tkazilgan aholi ro‗yxati ma‘lumotlari shu qadar keng doirada to‗planganki, ular
asosida aholining va ijtimoiy-demografik guruhlarning faqat miqdorini emas, balki 
ularning sifatiy ko‗rsatkichlarini, ya‘ni ma‘lumoti, oilaviy va ijtimoiy ahvoli,
boshqa xarakterlarini ham o‗rganish mumkin. Olingan ma‘lumotlar EHMlar 
yordamida har bir yo‗nalishlar bo‗yicha alohida o‗rganilib, statistik yilnomalar
tayyorlab boriladi. 
Dunyodagi barcha davlatlar qatori O‗zbekistonda ham aholini ro‗yxatga olish
o‗z tarixiga va xususiyatlariga ega. 
Aholi ko‗payishi va uning omillarini o‗rganishda sotsiologik tadqiqotlar
o‗tkazish ham muhim ahamiyatga molikdir. Unda har bir hudud, millat va ijtimoiy 
guruhlarda mavjud demografik muammolarni aniqlash maqsadida mutaxassislar
tomonidan maxsus so‗rovnomalar tuzilib, aholiga tarqatiladi yoki ushbu 
guruhlarda mutaxassislar ishtirokida suhbatlar olib boriladi. Sotsiologik uslubda
tadqiqot olib borish, asosan, XX asrdan boshlab rivojlana boshladi. O‗zbekistonda 
ham 1960-1970-yillardan boshlab aholi ko‗payishi va boshqa demografik
masalalarni mukammal o‗rganish maqsadida qator sotsiologik tadqiqotlar 
o‗tkazilgan. Bu borada respublikada Mirzo Ulug‗bek nomli ToshDUning
Aholishunoslik laboratoriyasi asosiy ilmiy-markaz bo‗lib faoliyat ko‗rsatgan. 



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling