IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
249
tug‗ilish o‗rtacha. Bunday holat, yuqorida aytganimizdek, turli ijtimoiy-iqtisodiy
omillar bilan bog‗liq.
Dunyodagi har bir hudud va davlatlarning o‗z demografik tarixi xususiyatlari
hamda aholi yosh tarkibiga ta‘sir etuvchi omillari mavjuddir. XX asr boshlarida
shved demograf olimi G.Sundberg aholini yosh tarkibiga qarab uch turga bo‗ldi:
1. Progressiv.
2. Statsionar.
3. Regressiv.
Progressiv
yosh tarkibida aholi umumiy miqdorida bolalar (10-14 yoshdagi)
salmog‗i qariyalarga (65 yosh va undan yuqori) qaraganda yuqori bo‗ladi. Bunday
holat tug‗ilish darajasi yuqori bo‗lgan hududlarda kuzatilib, ularning aholisi
muntazam ko‗payib boradi.
Statsionar
yosh tarkibida aholi umumiy miqdorida qariyalar salmog‗i
tengdir. Statsionar yosh tarkibida aholi soni bir xil miqdorda turadi. Aholining tez
kamayishi yoki ko‗payishi kuzatilmaydi.
Regressiv
yosh tarkibida aholi umumiy sonida qariyalar salmog‗i bolalarga
qaraganda yuqori bo‗ladi. Bunday holatda esa aholi soni asta-sekin kamayib borib,
―depopulyatsiya‖ holati yuz beradi. Aholi qarib boradi. Dunyo aholisi yosh tarkibi
bo‗yicha hududiy xususiyatlarga egadir.
Aholining ijtimoiy tarkibi.
Aholining ijtimoiy tarkibi deganda, faoliyati,
maqsadi, manfaati va ishlarining umumiyligi asosida uyushgan, jamiyat sotsial
strukturasi birligini tashkil etadigan kishilarning nisbatan barqaror guruhlari
tushuniladi. Jamiyatda turli xil ijtimoiy guruhlar mavjud. Ushbu guruhlar faoliyati
ijtimoiy ishlab chiqarishda tutgan o‗rniga qarab bir-biridan farq qiladi. Bunday
guruhlarga ishchilar, dehqonlar, hunarmandlar, o‗qituvchilar, shifokorlar,
quruvchilarni kiritish mumkin. Bu guruhlarning har biri yana bir ishchi guruhlarga
Do'stlaringiz bilan baham: |