«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet217/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

230 
yo‗q bo‗lib ketgan. Shaharlashish jarayonini quyidagi xususiyatlarda ko‗rishimiz 

mumkin:
1) shahar aholisi sonining o‗sib borishida; 


2) ishlab chiqarishning shaharlarda to‗planishida.
Shaharlar maydonining kengayib borishida jamiyat rivojlanishi tarixda 
shaharlarning ma‘muriy markaz, madaniy markaz hamda iqtisodiy aloqalar
qilinadigan markazlar sifatidagi roli ortib bordi. 1808-yilda dunyo aholisining 2,4 
foizi shaharlarda yashagan bo‗lsa, hozirgi kunda bu ko‗rsatkich 50 foizga ortib
ketdi.

Umuman
olganda, 


urbanizatsiya
jarayonining 
quyidagi
shakllanish 
bosqichlari mavjud:
XIX asrda, asosan, Yevropa va Shimoliy Amerikada yuzaga kelgan. 
XX asrning birinchi yarmida butun dunyoda shahar aholisining soni tez
sur‘atlar bilan orta boshlagan.
XX asrning ikkinchi yarmida jahon mamlakatlarida shahar aholisi soni ortishi
bilan birga shaharlar maydonlari ham kengaya boshladi. Shahar aholisining ulushi 
1900-yilda 1,4%, 1950-yilda 29%, 1990-yilda 45% bo‗lgan. Davlatning
urbanizatsiyalashish darajasi quyidagi ko‗rsat-kichlar asosida belgilanadi. 
1) 50% dan yuqori bo‗lsa, yuqori darajada urbanizatsiyalashgan;
2) 25-50%, o‗rtacha urbanizatsiyalashgan; 
3) 25 dan kam bo‗lsa, past darajada urbanizatsiyalashgan.
Urbanizatsiyaning quyidagicha ko‗rinishlari mavjud: 

Konurbanizatsiya – shahar aglomeratsiyalari. 



Suburbanizatsiya – shahar atrofi urbanizatsiyasi.



Rurbanizatsiya – ―qishloq‖ urbanizatsiyasi.



―Shahar portlashi‖. 



―Soxta‖ urbanizatsiya. 






IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

231 
Urbanizatsiyani geografik o‗rganish quyidagi xulosalarni keltirib chiqaradi. 

Shaharlarning rivojlanishi va urbanizatsiya jarayoni jamiyatning ijtimoiy-


iqtisodiy rivojlanishi bilan bevosita bog‗liq. Ushbu jarayonning rivojlanishi 
hududda sanoat korxonalarining, transport yo‗llarining barpo etilishi bilan bog‗liq.
Urbanizatsiya jarayoni shakllanishi hududiy farqlarga ega. Rivojlangan 
davlatlarda shahar hududlarining kengayishi, suburbanizatsiya, rurbanizatsiya kabi
zamonaviy urbanizatsiya ko‗rinishlari rivojlanayotgan bo‗lsa, rivojlanayotgan 
davlatlarda esa aglomeratsiya, megalopolislar paydo bo‗lishi bilan bir qatorda
soxta urbanizatsiya holati ham yuzaga kelmoqda. 
O‗zbekistonda mustaqillik yillarida shaharlarning rivojlanishi va
urbanizatsiya jarayoni bilan bog‗liq bir qator ijobiy o‗zgarishlar yuz berdi. Yangi 
shahar aholi manzilgohlarining shakllanishi, shaharsozlikda zamonaviy loyihalar
asosida shaharlar qiyofasining o‗zgarishi shular jumlasidan. 



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling