IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
364
№
_
19.
A xonadonda 6 kishi yashaydi. Tushga yaqin 2 kishi mehmonga
keldi. Demak, ayni paytda xonadonda mavjud aholi soni (M
S
) 8 ta – doimiy aholi
soni (P
S
) 6 ta va vaqtincha aholi soni (T
S
) 2 taga teng, ya‘ni quyidagicha
ko‘rinishga ega:
M
S
= P
S
+ T
S
= 6 + 2 = 8 kishi
Javob:
Ayni paytda mavjud kishilar soni 8 tani tashkil qiladi.
Mustaqil yechish uchun topshiriqlar:
№
_
20.
Rossiya aholisi 2017-yil 1-mart bo‘yicha, doimiy aholisi
146 838 993 kishini tashkil etadi. Agarda mamlakatda muhojirlarning soni 3
677 500 tani tashkil etsa, mavjud aholi sonini toping.
№
_
21.
Gavayi orollarining doimiy aholisi 2018-yil 1-iyul bo‘yicha,
1 420 491 kishini, mavjud aholi soni 1 896 300 kishini tashkil etsa, vaqtincha aholi
sonini toping hamda u mavjud aholining qancha qismini tashkil qilishini aniqlang.
№
_
22.
Fransiyada doimiy aholi 2017-yil 15-fevral bo‘yicha, 64 873 372
kishini, turistlar bilan 75 348 200 kishini tashkil etsa, turistlar sonini toping.
II.2. DEMOGRAFIK KO‟RSATKICHLAR
Aholi tabiiy harakatining qayd etilishi fuqarolik holati dalolatnomalarini
qayd etishga asoslanadi. Aholining tabiiy harakati, uning takror barpo bo'lishi
bevosita (tug'ilish, o'lim) va bilvosita (nikoh, ajralish) ta‘sir etuvchi demografik
jarayonlarni o'z ichiga oladi. Tabiiy harakat haqidagi axborot asosida mamlakat
aholisining soni, tabiiy harakatining nisbiy ko'rsatkichlari hisoblanib, ular asosida
aholi soni va tarkibining istiqboldagi prognozi amalga oshiriladi.
Demografik jarayonlaming muntazam statistik qayd etilishi aksariyat
Yevropa mamlakatlarida XVIII asr oxirlarida tashkil etilgan. Rossiyada 1702-yili
Pyotr I farmoniga ko'ra, Moskva shahrida pravoslav aholisida o'lganlarga janoza
Do'stlaringiz bilan baham: |