IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
395
kuchliligi oqibatida ayollar o‘rtasida o‘limning yuqoriligi va naslni o‘g‘il farzand
davom ettirishini inobatga olib, o‘g‘il farzand ko‘rishga intilishdir.
O‘rta Osiyo respublikalarida ham o‘tmishda aholining jinsiy tarkibida
erkaklarning salmog‘ini yuqoriligi qayd etilgan (bunga qadimda ayollarning real
ro‘yxatga olinmagani va diniy holat ta‘sir ko‘rsatgan). Jumladan, 1897-yilgi aholi
ro‘yxati ma‘lumotiga ko‘ra, bu yerda har 1000 ta erkakka 860 ta ayol to‘g‘ri
kelgan. Keyinchalik, I Jahon urushi, Fuqarolar urushi va mahalliy millat vakillarini
Rossiyaning Sibir va Uzoq Sharq mintaqasida arzon ishchi kuchi sifatida og‘ir
mehnat qilishlari (―Рабочий баталѐн‖) hamda II Jahon urushida ko‘pgina
erkaklarning halok bo‘lishi O‘rta Osiyo, shuningdek, O‘zbekiston aholisining
jinsiy tarkibida ayollarning salmog‘ining tenglashishi va hatto, oshib ketishiga olib
keldi. Masalan, O‘zbekiston aholisining jinsiy tarkibida 1865-yili erkaklarning
salmog‘i 53.6 % →1926-yili 53% →1939-yili 51.6 % → 1959-yili 48 % → 1970-
yili 48.7 % → 2010-yili 49.7 % → hozirgi vaqtga kelib esa 50.02 foizni tashkil
etdi.
Demak, qariyb 135 yil mobaynida (1865-2010-yillar) O‘zbekiston
aholisining jinsiy tarkibida erkaklar salmog‘i deyarli 4 foizga kamaygan, shunday
bo‘lsa-da, XXI asr boshlariga kelib erkaklar va ayollar nisbati tenglashib bordi
hamda hozirda nafaqat tenglashib, balki erkaklar salmog‘i ham ortdi (50.02 %),
ayollar salmog‘i esa biroz pasaydi (49.98 %).
Yuqoridagi kabi aholi jinsiy tarkibini tahlil qila olish uchun, albatta,
aholining jinsiy tarkibi ko‘rsatkichlarini aniqlashni bilish lozim.
Aholi jinsiy tarkibini 2 xil yo‘nalish bo‘yicha ifodalash va hisoblash
mumkin:
1)
har 1000 ta erkakka to‘g‘ri keluvchi ayollar soni;
2)
umumiy aholi tarkibida jins vakillarining foiz hisobidagi ulushi.
Do'stlaringiz bilan baham: |