«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
394 Statistik ma‘lumotlarga ko‘ra, 100 ta tug‘ilgan qiz bolaga 105-107 ta o‘g‘il bola tug‘ilishi qayd etilgan. O‘g‘il bolalar sonining qiz bolalar soniga nisbatan yuqoriligi ularning 15-20 yoshlarigacha saqlanib boradi. 20 yoshdan boshlab esa, jinslar nisbati tenglasha boshlaydi. Chunki, o‘g‘il bolalarda chaqaloq, bolalik va o‘smirlik davrlarida qiz bolalarga nisbatan o‘lim yuqoriroq bo‘ladi. Aholining 15- 20, 20-24 yosh guruhlaridan boshlab esa ayollar soni nisbatan yuqori bo‘la boshlaydi. Bunga qator omillar ta‘sir qiladi. Jumladan, yoshlik va o‘rta yoshlik davrida erkaklarning ko‘p qismi og‘ir mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishi; psixologik va ruhiy jihatdan erkaklarda ruhiy ichikish (asabiylashishni o‘ziga singdirish natijasida nerv faoliyatining meyordan chiqishi)ning kuzatilishi; erkaklarning inson salomatligi uchun zarali bo‘lgan alkogolizm, chekish, giyohvandlik kabi illatlarga moyil bo‘lishi; yosh va o‘rta yosh erkaklarning o‘limiga davlatlar va xalqlar o‘rtasida sodir bo‘ladigan turli urushlar ham sabab bo‘ladi. Bu omillar ta‘sirida dunyoning turli qismlari aholisining jinsiy tarkibida turlicha nisbatni kuzatish mumkin. Garchand, dunyo bo‘yicha har 1000 ta ayolga 1021 ta erkak to‘g‘ri kelsada, uning iqtisodiy jihatdan rivojlangan mintaqalaridagi mamlakatlarda har 1000 ta ayolga: Germaniyada 915, Fransiyada 955, Angliyada 958, Italiyada 950, Kanadada 980, AQShda 953 ta erkak to‘g‘ri keladi. Osiyo va Afrikaning rivojlanayotgan qator mamlakatlarida esa erkaklarning salmog‘ini yuqoriligi kuzatiladi. Jumladan, Osiyodagi mamlakatlarda 1000 ta ayolga 1038 ta erkaklar to‘g‘ri keladi. Afrika va Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida ayollar salmog‘ining pastligi ularning iqtisodiy jihatdan qoloqligi, ayollarning og‘ir qishloq xo‘jaligi ishlarida bandligi, ko‘p holatlarda erta turmush qurishlari, ko‘p bola tug‘ish, huquqiy kamsitish va diniy aqidalarning ta‘sirini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling