S = umumiy aholi soni.
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
403
3)
barcha mazkur hududda yashovchi kishilarning yoshlari o‘zro qo‘shib
chiqiladi:
24 + 12 + 87 + 45 + 5 + 86 + 42 = 301
4)
har bir insonga, o‘rtacha, necha yildan umr davomiyligi to‘g‘ri kelishi
aniqlanadi:
301 : 7 = 43
Javob:
A aholi punktidagi aholining o‘rtacha yoshi 43 yoshga teng ekan.
II.5.4. Aholining o‟rtacha umr ko‟rish yoshini aniqlash
Aholining qancha umr kechirishi turli jarayonlar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Aholining umr ko‘rish yoshining ko‘p yoki oz bo‘lishiga tabiiy va ijtimoiy-
iqtisodiy omillar ta‘sir ko‘rsatadi. Ma‘lumki, yashash uchun qulayliklar yaratilgan,
hayot tarzi og‘ir sharotlarda bo‘lmagan,
iqtisodiy ahvoli yaxshi, tibbiy xizmat
yaxshi yo‘lga qo‘yilgan hudud aholisi uzoq umr kechiradi. Aksincha,
noqulay
sharoit, qiyin iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat, tibbiyotning rivojlanmaganligi, ish-
faoliyatining og‘irligi va shu kabi salbiy
omillar aholining yoshining
―qisqarishi‖ga sabab bo‘ladi.
Dunyo mamlakatlari aholisining o‘rtacha umr davomiyligini tahlil qilgan
holda, o‘sha joydagi holatga baho berish mumkin. Masalan, Yaponiya, Islandiya,
Shvetsariyada o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 81-83 yoshga teng. Serra-Leone,
Zimbabve, Mozambikda esa bu ko‘rsatkich 37-43 yoshni tashkil etadi.
Ushbu
ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy holatiga ham
―tashxis qo‘yish‖ mumkin.
Aholining umr ko‘rish yoshini aniqlash uchun 1 yilda ma‘lum hududda faqat
tabiiy o‘lim bilan (avtohalokat, o‘z joniga qasd qilish, urushlar, zaharlanish va
boshqa sun‘iy omillarni inobatga olmagan holda) vafot
etgan aholining umumiy