IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
405
№
_
84.
O‘zbekistonda 2016-yil bo‘yicha, aholining o‘rtacha umr davri 73.8
yoshni tashkil etdi. Agar erkaklarning o‘rtacha umr davri 71.4 yilga teng bo‘lsa,
ayollarning o‘rtacha umr davomiyligini toping.
№
_
85.
Yozuvsiz xaritaga jahon aholisi o‘rtacha umr davri kartasini
shakllantiring. Bunda kartogramma usuli bo‘yicha, davlatlarga muvofiq holda,
mamlakat aholisining o‘rtacha yoshini, kartodiagramma sifatida esa ustunsimon
diagrammada o‘rtacha umr ko‘rish yoshini tushiring.
II.6. AHOLI JOYLASHUVI VA ZICHLIGINI ANIQLASH
Aholining hududiy joylanishi – yer yuzining kishilar tomonidan
o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan juda uzoq tarixiy jarayonning natijasidir.
Yer sharining turli qismlarida, turli mamlakatlarda aholining hududiy
joylashishi va zichligi tarixiy, ijtimoiy – iqtisodiy va tabiiy omillar ta‘sirida
vujudga keladi. Bu asosiy omillar dunyoning turli qismlarida ham hududiy va hech
vaqt nuqtai nazardan bir xil emasligi va hech qachon bunday bo‘lmasligi o‘z –
o‘zidan ma‘lum (2-jadval).
2-jadval
Yer shari aholisining vertikal mintaqalar bo‟yicha taqsimlanishi
Qit‟alar,
materiklar,
mintaqalar
Dengiz sathidan balandligi
Aholi istiqomat
qiladigan
hududning o„rtacha
balandligi (metr)
Hududning
o„rtacha
balandligi
(metr)
200 m
gacha
200 –
500
500 –
1000
1000 –
2000
2000 m
dan
yuqori
Do'stlaringiz bilan baham: |