«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet384/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 


413 


Mustaqil yechish uchun topshiriqlar: 



_



94. 
Sharqiy Osiyo subregionining aholisi, 2017-yil bo‘yicha, 1.5 mlrd 
kishidan ortiq. Agar subregionda urbanizatsiya darajasi 58 foizni tashkil qilsa,
shahar aholisi sonini aniqlang.



_



95. 
2017-yil ma‘lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo subregionining 
aholisi 70.5 mln kishini tashkil qildi. Joriy davrda subregiondagi shahar aholisining
umumiy soni 30 456 000 kishidan ortiq bo‘lsa, urbanizatsiya darajasini toping. 



_



96. 
Janubiy Osiyo subregionida shahar aholisining soni 920 mln kishi, 
urbanizatsiya darajasi esa 46 foizni tashkil qilsa, subregiondagi umumiy aholi
sonini toping. 
II.8. AHOLI MIGRATSIYASI VA UNING KO‟RSATKICHLARI

Migratsiya
(lotincha, ―migratio‖ - ko‘chish) kishilarning yashash, ishlash, 
o‘qish maqsadida, ma‘muriy chegaralardan o‘tgan holda, bir manzilgohdan
ikkinchi manzilgohga doimiy yoki ma‘lum muddatga ko‘chishi bo‘lib, aholining 
hududlar bo‘ylab harakati aholi migratsiyasini ifodalaydi. Migratsiyada ishtirok
etgan kishilarni esa «migrantlar» deb ataladi. 
Ma‘lumki, migratsiya aholi ko‘chib kelgan hududning ham, ko‘chib ketgan
hududning ham demografik holatiga ta‘sir qiladi. 1980-yillarda aholi o‘sishida 
tashqi migratsiyaning roli AQSh, Kanada, Fransiya, Avstraliya kabi davlatlarda,
o‘rtacha, 25 foizni tashkil etgan. Boshqacha so‘z bilan aytilsa, yuqorida qayd 
etilgan davlatlarda aholi o‘sishining 1/4 qismini immigrantlar tashkil etgan.





IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

414 
Migrantlar oqimi yo‘nalgan hududlarda migratsiya saldosi ijobiy, ya‘ni 

ko‘chib kelganlar soni, ko‘chib ketganlar sonidan ortiq bo‘ladi. Natijada bunday


hududlarda aholi soni o‘sib boradi. Bu hol, o‘z navbatida, nikoh holatiga, oilalar 
miqdorining oshib borishiga, tug‘ilish jarayoniga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Aholi
ko‘chib ketayotgan hududlarda esa yoshlar salmog‘i, jami aholi tarkibida kamayib 
boradi, mehnat yoshidan katta bo‘lgan aholi salmog‘i esa ortib borib, hududning
demografik holatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. 


4-rasm.
Migratsiyaning turlari. 

Migratsiya statistik jihatdan yondashuvni talab qiladi, ya‘ni uning hajmi, 


saldosi, jadalligi, o‘troqligi, foydalilik koeffitsiyenti va boshqa jihatlari ham bo‘lib,


ularning har biri alohida ahamiyatga ega. 

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling