«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 414
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
413 Mustaqil yechish uchun topshiriqlar: №
94. Sharqiy Osiyo subregionining aholisi, 2017-yil bo‘yicha, 1.5 mlrd kishidan ortiq. Agar subregionda urbanizatsiya darajasi 58 foizni tashkil qilsa, shahar aholisi sonini aniqlang. №
95. 2017-yil ma‘lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo subregionining aholisi 70.5 mln kishini tashkil qildi. Joriy davrda subregiondagi shahar aholisining umumiy soni 30 456 000 kishidan ortiq bo‘lsa, urbanizatsiya darajasini toping. №
96. Janubiy Osiyo subregionida shahar aholisining soni 920 mln kishi, urbanizatsiya darajasi esa 46 foizni tashkil qilsa, subregiondagi umumiy aholi sonini toping. II.8. AHOLI MIGRATSIYASI VA UNING KO‟RSATKICHLARI Migratsiya (lotincha, ―migratio‖ - ko‘chish) kishilarning yashash, ishlash, o‘qish maqsadida, ma‘muriy chegaralardan o‘tgan holda, bir manzilgohdan ikkinchi manzilgohga doimiy yoki ma‘lum muddatga ko‘chishi bo‘lib, aholining hududlar bo‘ylab harakati aholi migratsiyasini ifodalaydi. Migratsiyada ishtirok etgan kishilarni esa «migrantlar» deb ataladi. Ma‘lumki, migratsiya aholi ko‘chib kelgan hududning ham, ko‘chib ketgan hududning ham demografik holatiga ta‘sir qiladi. 1980-yillarda aholi o‘sishida tashqi migratsiyaning roli AQSh, Kanada, Fransiya, Avstraliya kabi davlatlarda, o‘rtacha, 25 foizni tashkil etgan. Boshqacha so‘z bilan aytilsa, yuqorida qayd etilgan davlatlarda aholi o‘sishining 1/4 qismini immigrantlar tashkil etgan. IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 414 Migrantlar oqimi yo‘nalgan hududlarda migratsiya saldosi ijobiy, ya‘ni ko‘chib kelganlar soni, ko‘chib ketganlar sonidan ortiq bo‘ladi. Natijada bunday hududlarda aholi soni o‘sib boradi. Bu hol, o‘z navbatida, nikoh holatiga, oilalar miqdorining oshib borishiga, tug‘ilish jarayoniga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Aholi ko‘chib ketayotgan hududlarda esa yoshlar salmog‘i, jami aholi tarkibida kamayib boradi, mehnat yoshidan katta bo‘lgan aholi salmog‘i esa ortib borib, hududning demografik holatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. 4-rasm. Migratsiyaning turlari. Migratsiya statistik jihatdan yondashuvni talab qiladi, ya‘ni uning hajmi, saldosi, jadalligi, o‘troqligi, foydalilik koeffitsiyenti va boshqa jihatlari ham bo‘lib, ularning har biri alohida ahamiyatga ega. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling