IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
409
№
_
90.
Markaziy Osiyo subregionining aholisi 2017-yil bo‘yicha 70,5 mln
kishini, O‘zbekiston aholisi esa 32,1 mln kishini tashkil etsa, mintaqa aholisining
qanchasi O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi?
II.7. URBANIZATSIYA VA UNING KO‟RSATKICHLARI
Urbanizatsiya (lotincha ―urbus‖ – shahar, ―sation‖ – jarayon) — jamiyat
hayotida shaharlar rolining ortib borishi va shahar turmush tarzining keng yoyilishi
bo‘lib, u ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi, aholining ijtimoiy, demografik
tarkibi, turmush tarzi va madaniyatidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq.
Urbanizatsiya tarixiy rivojlanish asosida shakllangan jamiyat bosqichlari va
hududiy mehnat taqsimoti natijasida sodir bo‘lgan ko‘p qirrali geografik, ijtimoiy-
iqtisodiy va demografik jarayondir. Uning torroq doiradagi demografik-statistik
tushunchasi dunyoda, alohida hududlarda, mamlakatlarda shaharlarning (ayniqsa,
katta shaharlarning) va shahar aholisi salmog‘ining ko‘payib borishini anglatadi.
Dastlabki shaharlar mil. avv. III - I ming yilliklarda Misrda, Mesopotamiya,
Suriya, Hindiston, Kichik Osiyo, Xitoy, Hindixitoy, shuningdek, Yevropa va
Afrikaning O‘rta dengiz sohillarida vujudga kelgan. Yunon-Rim dunyosida esa
Rim va Karfagen shaharlarining mavqei yuqori bo‘lgan. O‘rta asrlar va uyg‘onish
davrida kapitalistik ishlab chiqarish unsurlari shakllana boshladi. Bu jarayon
shaharlarda aholi sonining o‘sib borishiga, konsentratsiyalashuviga olib keldi.
Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda yirik shaharlar paydo bo‘la boshladi. Biroq uning
geografik jihatlari ham kam emas, chunki urbanizatsiya turli mamlakat va
rayonlarda o‘zgacha sodir bo‘lmoqda.
Urbanizatsiya murakkab hodisa ekanligi tufayli uni faqat bitta mezon,
ko‘rsatkich bilan ifodalash, o‘lchash mumkin emas. Ammo, shunday bo‘lsa-da,
barcha uchun qulay bir o‘lchov kerak. U ham bo‘lsa, mamlakat va boshqa hududlar
aholisining qanchasi, qancha qismi shahar joylarda yashashi, ulushi, nisbiy
Do'stlaringiz bilan baham: |