«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


Download 1.44 Mb.
bet388/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

Mehnat resurslari

aholining o'z ruhiy fiziologik va 

aqliy sifatlari bilan moddiy ne'matlar ishlab chiqarishga yoki xizmatlar 

ko'rsatishga qodir bo'lgan mehnatga layoqatli qismi
hisoblanadi. Ular tarkibiga 
faqat iqtisodiy faol aholigina emas, shu bilan birga, hozirda ishlamayotgan va ish
qidirmayotgan mehnatga qobilyatli shaxslar, jumladan, ishlab chiqarishdan 
ajralgan holda ta'lim olayotganlar ham kiritiladi. Demak, mehnat resurslari haqiqiy
(real) va potensial hodimlardir. Mehnat resurslarining tarkibi quyidagicha:


- mehnat yoshidagi mehnatga qobilyatli aholi
. O'zbekistonda mehnat 
yoshining quyi chegarasi 16 yosh bo'lib, yuqori chegara yosh bo'yicha pensiya
olish huquqi bilan belgilangan. Bu erkaklar uchun 60 yoshni va ayollar uchun 55 
yoshni tashkil etadi. Biroq, unga I va II guruh ishlamayotgan nogironlar, yoshi
bo'yicha imtiyozli shartlar asosida pensiya olayotgan fuqarolar kirmaydi.


- mehnat yoshidan o'tgan bo'lsa-da ishlayotgan shaxslar va yosh bo'lsa ham 

ishlayotgan o'smirlar.
Mehnat resurslari balansini tuzishda ish bilan band 
aholining barcha toifalarini to'liq qamrab olish muhim ahamiyatga ega. Yollanib
ishlaydiganlar ham, yollanmasdan ishlaydiganlar ham ishning doimiyligi, 
vaqtinchaligi, mavsumiyligi, tasodifiyligi yoki bir martalik bo'lishidan qat'i nazar,

iqtisodiyotda ish bilan band
deb hisoblanadi. 




IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

418 


II.9.1. Mehnat resurslarining miqdorini aniqlash 
Mehnat resurslarining miqdori mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli aholi
soni bilan mehnat yoshidan kichik va katta bo'lib, ishlayotgan shaxslar sonining 
yig'indisi sifatida aniqlanadi va quyidagicha hisoblanadi:
M
R

= M
S


+ M

↓↑
Bu yerda: M


R
- mehnat resurslari;


M
S

- mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli aholi;


M
↓↑


- ishlayotgan o'smirlar va pensionerlar.



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling