IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
401
Aholining yosh tarkibini, masalan, umumiy aholiga nisbatan foizlarda yoki agar
foizlarda ifodalangan bo‘lsa, sonini aniqlash uchun umumiy aholini inobatga olgan
holda, proporsiya usulida ishlash oson va qulay hisoblanadi.
№
_
79.
1970-yil Yer yuzi aholisi 3 502 mln kishini tashkil etganini inobatga
olgan holda, ushbu yildagi 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar sonini aniqlang.
Yechish:
1) 1970-yildagi aholini aniqlaymiz: 3 502 mln kishi;
2) 1970-yil hisobida 0-14 yoshlilar salmog‘ini aniqlaymiz: 36,6 %;
3) proporsiya tuzamiz:
3 502 000 000 ------------------------------ 100 %
1 281 732 000
-- 36,6 %
4) umumiy natijani ifodalaymiz: 1 mlrd 281 mln 732 ming kishi.
Javob:
1970-yilda 14 yoshgacha bo‘lganlar soni 1 281 732 000 kishi bo‘lgan.
Mustaqil bajarish uchun topshiriq:
№
_
80.
Agar Eron aholisining soni 2018-yil bo‘yicha 81.6
mln kishini
tashkil etib, umumiy aholining 7 foizi 65 yoshdan kattalar bo‘lsa, qariyalar sonini
toping.
II.5.3. Hudud aholisining o‟rtacha yoshini aniqlash
Ayrim
ilmiy adabiyot, maqola va risolalarda aholisi ―yosh‖
mamlakat,
―keksa‖ mamlakat, deya keltirilgan jumlalar uchraydi. Bu umumiy hisobda,
mamlakatdagi jami
aholini inobatga olgan holda, ularning yoshlarini qo‘shib
chiqib, o‘rtacha qiymatni keltirib chiqish bilan ifodalanadi. Bunda agar hudud yoki
mamlakatda yoshlar soni ko‘p bo‘lsa, albatta, mamlakat ―yosh‖, agar
qariyalar soni
ko‘p bo‘lsa, ―keksa‖ hisoblanadi va bu ko‘rsatkich ma‘lum ma‘noda ushbu joyning
kelajakdagi demografik holatini namoyon qiladi.