IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
420
shug'ullanuvchilar; ish qidirmay qo'ygan shaxslar; ishlashga zaruriyati bo'lmagan
shaxslar kiritiladi.
Iqtisodiy faol aholi soni quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
I
F
= I
B
+ I
x
Bu yerda: I
F
- iqtisodiy faol aholi qismi;
I
B
- ish bilan bandlar soni;
I
x
- ish bilan band bo'lmagan, ishga joylashishga muhtoj shaxslar soni.
№
_
104.
Vanuatuda 2017-yil holatiga ko‘ra, 274 738 kishi istiqomat qiladi.
Mamlakatdagi 23 906 kishi ish bilan band hamda 115 661 kishi ish bilan band
bo'lmagan, ishga joylashishga muhtoj yoxud turistlarga xizmat ko‘rsatish bilan
band bo‘lsa, iqtisodiy faol aholi sonini aniqlang.
Yechish.
Iqtisodiy faol aholi soni quyidagicha aniqlanadi:
ish bilan bandlar soni (I
B
) - 23 906 kishi;
ish bilan band bo'lmaganlar soni (I
x
) - 115 661 kishi;
hisoblash amalga oshiriladi:
I
F
= I
B
+ I
x
= 23 906 + 115 661 = 139 567 ta
Javob:
Vanuatuda iqtisodiy faol aholi soni 139 567 kishini tashkil etadi.
Mustaqil bajarish uchun topshiriq:
№
_
105.
O‘zbekistonda 2013-yil ma‘lumotlariga ko‘ra, Mehnatga layoqatli
yoshdagilar jami aholining 64 foizini egallagan holda, iqtisodiyotda band
bo‘lganlar soni 12.5 mln kishini tashkil qildi. Agar mamlakatdagi ish bilan band
bo‘lmagan mehnat yoshidagi aholi soni 700 ming kishi bo‘lsa, joriy davrdagi
iqtisodiy faol aholi sonini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |