«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil bajarish uchun topshiriq
- II.9.3 Iqtisodiy faol aholi sonini aniqlash
- IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 419
_
102. Ma‘lum hududda jami 100 kishi istiqomat qiladi. Mos ravishda, mehnat yoshidagi mehnatga qobilyatli aholi soni 48 ta, ishlayotgan o‘smirlar hamda nafaqadagilar 9 tani tashkil etsa, mehnat resurslari miqdorini toping. Yechish. Mehnat resurslari, aslida, mehnatga layoqatli aholi hisoblansa-da, qoidaga muvofiq, ishlab chiqarishda o‘z hissasini qo‘shayotgan aholi bo‘yicha hisobga olinadi va quyidagicha hisoblanadi: o mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli aholi (M S
o ishlayotgan o'smirlar va nafaqa yoshidagilar (M ↓↑
o hisoblash amalga oshiriladi: M R = M S + M ↓↑
Javob: Mazkur hududdagi aholining 57 foizi yoki 57 tasi mehnat resursidir. Mustaqil bajarish uchun topshiriq: №
103. Ispaniyada mehnat resurslarining soni 23.1 mln kishini tashkil etib, ishlayotgan o‘smirlar va pensionerlar soni 2.9 mln kishi bo‘lsa, mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli aholi sonini toping. II.9.3 Iqtisodiy faol aholi sonini aniqlash Iqtisodiyotda hozirgi paytda "mehnat resurslari" tushunchasi bilan bir qatorda "ishchi kuchi" atamasi ham ko'p qo'llanilmoqda. Ishchi kuchi - mehnat IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 419 jarayonida inson foydalanadigan uning jismoniy va ma'naviy qobilyatlar majmuasi bo'lib, xorijiy adabiyotlarda u ko'pincha "iqtisodiy faol aholi" tushunchasining sinonimi sifatida qo'llaniladi. "Ishchi kuchi" atamasi, ko'p hollarda, uch ma'noni anglatadi: • organizm, tirik inson shaxsi ega bo'lgan va har safar u qandaydir iste'mol qiymatini yaratish chog'ida ishga soladigan jismoniy va ma'naviy qobiliyatlar majmui sifatida; • aholining ish bilan band bo'lgan yoki ish izlayotgan qismi iqtisodiy faol aholining sinonimi sifatida; • umuman ishlovchilar yoki muayyan bir korxona ishchilari (kundalik turmushda odatda shunday foydalaniladigan tushuncha) sifatida. Shunday qilib, mehnat resurslari tushunchasiga iqtisodiyotda ish bilan band bo'lgan xodimlar, band bo'lmasa-da, mehnat qobilyatiga ega bo'lgan odamlar, ya'ni haqiqiy hamda potensial xodimlar kiritiladi. Boshqacha aytganda, mehnat resurslari mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli fuqarolar hamda mehnatga layoqatli yoshdan kichikroq fuqarolar (ishlaydigan o'smirlar) va mehnatga layoqatli yoshdan kattaroq yoshdagi fuqarolar (ishlaydigan pensionerlar) dan iborat bo'ladi. Ish bilan band aholini va ish izlayotgan ishsizlarni anglatadigan "iqtisodiy faol aholi" mehnat resurslari haqidagi tasavvurlarni aks ettiradigan yana bir boshqa tushunchadir. Bu tushuncha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda anchadan buyon ishlatilib kelinmoqda. Xalqaro andozalarga muvofiq, Iqtisodiy faol aholi tushunchasi BMT milliy hisob-kitoblar va balanslar tizimlariga kiritilgan tovarlar va xizmatlar, ishlab chiqarish uchun muayyan vaqt mobaynida o'z mehnatini taklif etadigan har ikki jinsga mansub shaxslar ni o'z ichiga oladi. Iqtisodiy faol bo'lmagan aholi toifasiga o'quv yurtlarida kunduzi o'qiydigan o'quvchilar, talabalar, kursantlar; pensiya oluvchi shaxslar; uy xo'jaligi bilan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling