IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
421
rejalashtirish maqsadida aholining keyingi o‘sish dinamikasini o‘rganish muhim
ahamiyatga ega. Aholining o‘sish dinamikasi bilan ishlab chiqaruvchi kuchlarning
o‘sishi, ularni hududlar va yosh bo‘yicha
joylanishini aniqlash, shu ishchi
kuchlariga yarasha ish joylarini hozirlash, texnika, texnologiyalarini
sotib olish
bilan birga iste‘molchi sifatida uy-joy va madaniy-maishiy obyektlar qurilishi,
oziq-ovqat va boshqa kundalik ehtiyojlari ishlab chiqarish hajmlarini
rejalashtirishda aholining aniq soni asos bo‘lib xizmat qiladi.
Aholining ko‘pgina demografik xususiyatlarini e‘tibordan chetda
qoldirmagan
holatda, aniqroq bashorat ko‘rsatkichiga ega bo‘lishda demografik jarayonlar
(nikoh, ajralish,
nikohda turish muddati, tug‘ilish va o‘lim darajasi, migratsiya –
keldi va ketdi hamda tezligi) va hududda kechayotgan tabiiy,
iqtisodiy, ijtimoiy,
ekologik hamda siyosiy vaziyat va boshqalarni e‘tiborga olish maqsadga
muvofiqdir.
Shularni inobatga olgan holda, aholi sonini prognoz qilish quyidagi
formula bilan ifodalanadi:
Bu yerda,
Sᵩ = aholining istiqbol (bashorat qilinayotgan) yildagi soni;
S
= aholining boshlang‘ich, ya‘ni hisob boshlangan davrdagi soni;
T
↑
= tabiiy o‘sish koeffitsiyenti;
η = prognoz muddati.
Demografik tadqiqotlarda aholi sonini bashoratlashning eng muhim va oddiy
usullaridan biri aholi tabiiy o‘sish koeffitsiyentini hisobga olib prognozlashdir.
№
_
106.
Tojikiston aholisi 2017-yil 1-yanvar bo‘yicha, 8.7 mln kishiga yetdi.
Aholining bashorat qilinayotgan yildagi (davrda) tabiiy o‘sish koeffitsiyenti (2016-
yil yakunlari bo‘yicha) 25 promilleni tashkil etsa, mamlakat aholi soni 2030-yil
qancha kishiga yetishi mumkin?