«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
11 Xuddi shunday hududiylik tamoyilining ham nozik jihatlari mavjud. Bu yerda biz tadqiqot obyekti – hududning juda kattalashib ketmasligini nazarda tutmoqdamiz. Chunki bunday holda ham tadqiqot natijasi yuzaki, «umurtqasiz» bo'lib qoladi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya hamda, umuman, geografiya fanida ko'proq katta hudud «kichraytirib» o'rganiladi. Fanda buning aksi, kichik joyni kattalashtirib, yirik masshtabli tadqiqotlarni o'tkazish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar (Germaniya Yaponiya AQSh va boshqalar) tajribasi, aynan, shundan dalolat beradi. Bu mamlakatlarda bizdan farqli o'laroq, asosan mikroiqtisodiyot, mikrogeografik yondashuv ustuvor turadi. Ehtimol, shuning uchun bo'lsa kerak, tadqiqotlar natijasi aniq, puxta va amaliy jihatdan yuqori bo'ladi. To'g'ri, tadqiqot obyekti sifatida kattaroq hududni ham olish mumkin. Lekin bunday holda hududning barcha qismini emas, aksincha muhim muammolarni uning ayrim va turli nuqtalari misolida chuqurroq tahlil qilish va shu negizda o'rganilayotgan obyekt va unga o'xshash joylarga xos bo'lgan umumiy qonuniyatlarni asoslab berish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilib, hududiylik va komplekslilik geografiya fani uchun o'ta zarur. Biroq ular o'z me'yorida bo'lishi kcrak. Boshqacha qilib aytganda, ushbu yondashuvlar hamma vaqt aniqlik bilan birga olib borilishi to'g'riroq bo'ladi. Professor E.B.Alayev aniqlikni (konkretlikni) geografiyaning alohida tamoyili sifatida ko'rsatadi. Biz esa uni yuqoridagi ikki asosiy tamoyilning umumiy maxraji, mezoni yoki «2 + 1» shaklida ko'rishni istar edik. Chunki muammo qancha keng va chuqur, ma'lum bir maqsad doirasida atroflicha har tomonlama va, ayni paytda, aniq tahlil etilsa, uning xulosalari hamma vaqt yuqori bo'ladi. Geografiyaning ikki asosiy tamoyili hududiylik va komplekslilikdan so‘ng tarixiylik turadi. Bu prinsip makon va zamon birligidan kelib chiqadi. Zero, har |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling