«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet12/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

14 
Geografiya fanining tamoyillaridan yana biri 


ekologik
yondoshuvdir. 
Ekologiya o'zining tub mohiyatiga ko'ra, organizmlarning ichki o'zaro va tashqi
muhit bilan aloqadorligini anglatadi. U bu jihatdan geografik dunyoqarashning 
mazmuniga ham ancha mos keladi. Sababi, geografiyada barcha voqea va
hodisalar o'zaro hamda tashqi muhit bilan hududiy munosabatda ko'riladi. Shu 
bois, ekologiya ma'lum ma'noda geografiyaga juda yaqindir. Shuning uchun bo'lsa
kerak, ba'zi olimlar bu ikki tushunchani ma'nodosh sifatida ishlatganlar. Masalan, 
chikagolik X.Berrouz «Inson ekologiyasi yoxud geografiya» nomli maqolasini
(1923-y.) yozgan edi. Bu yerda geografiyadagi komplekslilik tamoyili ekologik 
dunyoqarashga o'xshab ketadi. Har ikkisida ham o'zaro uyg'unlikda qarash,
mushohada yuritish talab etiladi. 
Ekologik tamoyil, ayniqsa, ishlab chiqarishni ijtimoiy va hududiy tashkil
etish shakllari, xususan, mujassamlashuv bilan uyg'unlashib ketadi. Masalan, 
qancha ishlab chiqarish mujassamlashuvi yuqori bo'lsa (korxona yirik yoki
korxonalar majmui bir joyda ko'p bo'lsa), ekologik vaziyat, odatda, buning aksi 
bo'ladi. Demak, bu yerda «rivojlangan» degan tushuncha ko'p hollarda ekologik
nosog'lom ma'nosi bilan yonma-yon turadi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning yana bir prinsipi

demosentrizm
yoki

antroposentrizmdir. Chunki, barcha hududiy iqtisodiy munosabatlar asosida eng


avvalo inson – moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratuvchisi va, ayni paytda
ularning iste'molchisi turadi. Qolaversa, tarix, jamiyat tarixi ham insonsiz
bo‘lmaydi. Bundan tashqari, dastavval, sof tabiiy ma'noga ega bo'lgan ekologiya 
tushunchasi ham industriyalashtirish va urbanizatsiya tufayli sotsial va inson
ekologiyasiga aylanmoqda. 
N.N.Baranskiy insonsiz geografiyaga bor vujudi bilan qarshi va «Insonni
unutibsiz!» deb xitob qilar edi. Chindan ham ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining 
markazida inson turishi kerak. Biroq, inson avvalgidek, faqat ishlab chiqaruvchi






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling