«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet14/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

16 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya boshqa geografik fanlar va, eng avvalo, 

tabiiy geografiya bilan bog'liq. Tabiiy va ijtimoiy geografiya inson va tabiat, tabiat


va jamiyat juftligini aks ettirgan holda umumiy geografiyani tashkil qiladi. Ammo 
ular orasida farq ham yo'q emas. Chunonchi, ijtimoiy shu jumladan iqtisodiy
geografiya uchun joylashuv xosdir. Chunki bu fan turli iqtisodiyot sohalarning 
joylashuv
xususiyatlarini 
o'rganadi.
Tabiiy

geografiyada


esa

tabiiy
komponentlarning yer yuzida joylashuvi emas, balki ularning vujudga kclish 


qonuniyatlari, tabiiy geografik jarayonlar tahlil etiladi, baholanadi va bashorat
qilinadi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya qator kartografik fanlar bilan ham aloqada.
Bu borada, eng avvalo, uning tarix, iqtisodiyot, demografiya, statistika, etnologiya, 
tibbiyot va boshqalar bilan aloqalarini ta'kidlash joiz. Fanimiz ushbu fan
tarmoqlarining yondashuv va materiallaridan foydalanadi va, shu bilan birga, 
mazkur fanlar qirrasida yangi yo'nalishdagi fanlar (mintaqaviy iqtisodiyot,
demogeografiya yoki geodemografiya, geosiyosat, geopsixologiya, nozogeografiya 
va h.k.) shakllanadi. Bu esa geografiya fanining integratsion salohiyati, tadqiqot
obyekti va qamrovining kengligidan kelib chiqadi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya hodisa va voqeliklarni o'z tadqiqot doirasida
o'rganar ekan, u muayyan usul (metod)lardan foydalanadi. Ular kartografik
geografik taqqoslash, statistik. tarixiy, kuzatuv, modellashtirish va boshqalardir.
Ma'Iumki, geografik fikrlashni hududsiz va uni xaritada tasvirlashsiz 
tasavvur qilib bo'lmaydi. Binobarin, xaritani geografiyaning «tili» ham deyishadi.
Qolaversa, geografik bilimning chegarasi, aynan, ana shu o'rganilayotgan 
hodisaning hududiyligi va uni xaritaga tushira olishi bilan ifodalanadi. Geografik
taqqoslashning ham ahamiyati katta, chunki taqqoslamasdan turib o'rganilayotgan 
joyning xususiyati, betakrorligini aniqlab bo'lmaydi. Bu esa iqtisodiy
geografiyaning asosiy predmeti, maqsadidir. Masalan, O'zbekistonning o'ziga 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling