IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
18
qismdan tashkil topgan. Bu ham bo'lsa tahlil (analiz), tashxis (diagnoz) va bashorat
(prognoz)dir. Afsuski, hozirgi iqtisodiy geografiya ko'proq fakt va raqamlarni
yodlab olish, miqdoriy ko'rsatkichlar yoki nomenklatur masalalar to'g'risida
ma'lumot beradi, xolos. Hodisa va voqeliklar o'rtasidagi sabab-oqibat aloqadorligi,
qonuniy bog'lanishlar esa ko'p hollarda e'tibordan chetda qolmoqda. Shu o'rinda,
kartografik metod to'g'risida ham aytish lozimki, xaritani bilish geografiyaning
asosiy maqsadi emas, balki u asosiy maqsadga erishish uchun vosita qurol, usuldir.
Qolaversa, xaritani bilish faqat geograflar uchun emas, u barcha o'zini savodli
hisoblangalarga ham zarurdir.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning asosiy vazifalari davr talabiga mos
holda, iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o'tishi va jahon geosiyosiy tizimidagi
o'zgarishlardan kelib chiqadi. Shularni e'tiborga olgan holda, talabalar iqtisodiyot
va ijtimoiy tarmoqlarining joylanish va rivojlanish qonuniyatlarini, mamlakatimiz
milliy iqtisodiyotining mustahkamlanish, uning hududiy xususiyatlari, mintaqalar
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi, uning yashash va mehnat sharoiti bilan bog'liq
masalarni bilib olishlari zarur.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining ta‘rifida eng asosiy
tushunchalar qaysilar?
2.
Nima sababdan iqtisodiy geografiya iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga
aylandi?
3.
Tarix geografiya uchun qanday xizmat qiladi?
4.
Hududiylik tamoyilini tushuntirib bering.
5.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining tadqiqot metodlari qaysilar?
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Do'stlaringiz bilan baham: |