IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
21
Hozirgi vaqtda O‗zbekistonda va boshqa MDH davlatlarida Ijtimoiy
geografiya yoki Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya nomi bilan yuritilmoqda.
Rus olimi V.S.Jekulin (1989) geografik fanlarni quyidagi to‗rt blokka
ajratgan. Bular:
tabiiy fanlar
: tabiiy geografiya (landshaftshunoslik, poliogeografiya);
ijtimoiy fanlar
: sotsial-iqtisodiy geografiya, aholi geografiyasi, siyo-
siy geografiya, tarmoqlar geografiyasi (sanoat geografiyasi, qishloq
xo‗jaligi geografiyasi, transport geografiyasi va boshqalar);
tabiiy-sotsial fanlar
: majmuaviy geografiya (tibbiyot geografiyasi,
sotsial ekologiya, geoekologiya, rekreatsiya geografiyasi);
tarixiy geografiya, toponimika, metageografiya, kartografiya singari
muhim sohalar.
R.D.Jonston Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya tarkibida iqtisodiy, sotsial (tor
ma‘noda, ijtimoiy jarayonlar va aholini geografik o‗rganish), siyosiy, madaniy,
tarixiy va regional sotsiogeografiya kabilarni ajratib ko‗rsatgan (R.D.Jonston,
1989).
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning tadqiqot obyekti va predmeti haqida turli
xil fikrlar mavjud. Ilmiy adabiyotlarda geografiyaning ijtimoiy tarmog‗i obyektini
quyidagicha aniqlashtirish holatlari uchraydi:
-inson hayoti va faoliyatiga tegishli hududiy mutanosiblik (bu yerda tabiiy
hududiy mutanosiblik ham mavjudligini unutmaslik kerak);
-hududiy majmualar, bu ham, albatta, inson bilan bog‗liq ravishda;
-hududiy (territorial, geografik), ijtimoiy (iqtisodiy, sotsial, siyosiy va
boshqa) tizimlar;
-iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning umumiy tadqiqot obyekti;
-atrof-muhitning inson tomonidan o‗zgartirilgan qismi yoki antroposfera;
-iqtisodiy rayon va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |