IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
24
tabiiy sharoit va tabiiy resurslarning mamlakatlar iqtisodiy-ijtimoiy
rivojlanishidagi roli va o‗rni, ulardan foydalanish, ekologik
muammolarning sabab va oqibatlarini tushuntirish;
mamlakatlar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida erishilgan ilmiy-
texnika yutuqlarini hamda ilg‗or texnologiyalardan foydalanish
tajribalarini o‗rganish va xulosa berish;
aholi geografiyasi, mehnat resurslari, turli mamlakatlarda mehnat
resurslarining sifati va malaka tarkibi, migratsiya va urbanizatsiya
masalalarini tadqiq qilish;
iqtisodiy geografiyaning tarkibi (sanoat, qishloq xo‗jaligi, transport,
tashqi iqtisodiy aloqalar) va hududiy rivojlanish xususiyatlarini,
xalqaro iqtisodiy-ijtimoiy tizimlar faoliyatini o‗rganish;
siyosiy va madaniy geografik tadqiqotlar, ularning rivojlanish
xususiyatlarini o‘rganish;
insoniyat oldida turgan umuminsoniy (tinchlik va qurolsizlanish,
ekologik, demografik, energetika va xomashyo, oziq-ovqat, Dunyo
okeani va kosmosni tinchlik maqsadlarida o‗zlashtirish va boshqalar)
hamda mintaqaviy (Orol va Orolbo‗yi, Afg‗onistonda tinchlikni yuzaga
keltirish va boshqalar) muammolarni o‗rganish;
Professor A.Soliyev fikriga ko‗ra, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining
ichki tuzilishi to‗rt asosiy qismdan yoki blokdan iborat bo‗lib, ular quyidagilar:
1. Iqtisodiy geografiya
– sanoat geografiyasi, qishloq xo‗jaligi geografiyasi,
transport geografiyasi, qurilish geografiyasi, tabiiy resurslar va ulardan foydalanish
geografiyasi va h.k.
2. Sotsial-iqtisodiy geografiya
– aholi va aholi punktlari geografiyasi,
shaharlar geografiyasi (geourbanistika), qishloqlar geografiyasi, aholiga xizmat
Do'stlaringiz bilan baham: |