«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet22/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

25 
ko‗rsatish sohalari (savdo, madaniy, maishiy, maorif va boshq.) geografiyasi

tijorat geografiyasi va h.k.



3. Sotsial geografiya
– tibbiyot geografiyasi, rekreatsiya geografiyasi, din 
geografiyasi, jinoyat geografiyasi, geopsixologiya, xulq-atvor geografiyasi,
turmush tarzi geografiyasi va boshq. 


4. Siyosiy geografiya
– geosiyosat, limologiya, geokonfliktologiya, harbiy 
geografiya va boshqalar.
Shuningdek, mazkur fan tarmoqlari, o‗z navbatida, turli hududiy ko‗lamda 
(jahon, mamlakat, viloyat va h.k.) o‗rganilishi mumkinligini, ammo fanni undagi
ilmiy yo‗nalishlar bilan chalkashtirish, yangi fanlar ―ixtiro‖ qilish maqsadida uni 
haddan tashqari parchalab yuborish ham yaxshi emasligini ta‘kidlanadi. Bu tizim-
tarkib g‗oyasiga mantiqan ziddir. Chunonchi, aholi geografiyasini mayda 
bo‗limlarga bo‗lib, ayollar yoki erkaklar geografiyasi, sanoatda – kiyim kechaklar
yoki non geografiyasiga o‗xshash ―fanlarni‖ yaratish kulgili. Tizim ko‗rilayogan 
maqsad va vazifasiga ko‗ra, o‗zining mustaqilligi, yaxlitligini ma‘lum darajagacha
saqlab qoladi. Shu bois, tizimni cheksiz maydalash uni bosh maqsadidan 
chetlashtiradi va bu tizim o‗zgacha ma‘no va mohiyatga ega bo‗ladi. Masalan,
sanoat geografiyasida birlamchi bo‗lib sanoat korxonasi, aholi punktlari 
geografiyasida bu maqomda alohida qishloq yoki shaharlarni olish mumkin. Shu
nuqtai nazardan, ularni yanada ko‗p qismlarga bo‗lish maqsadga muvofiq emas. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya yagona, mukammal tizim ekan, fanning
aynan shu ko‗rinishda rivojlanishi uning ichki va tashqi aloqalarini kuchaytirishni 
talab etadi. Albatta, tizim nuqtai nazaridan uning ichki aloqalari muhimroq,
ustuvorroq. Zero, ular fanning yaxlitligi, mustaqilligi, barqarorligini ta‘minlaydi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (ijtimoiy geografiya) bir qator fanlar bilan
o‗zaro aloqada bo‗lib, uning tadqiqotlari va xulosalaridan keng foydalanadi. 
Xususan, bunday aloqador fanlar tizimini ikkiga ajratish maqsadga muvofiq:






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling