«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klasterli yondashuv
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
34 resurslari bilan bog‗liq jarayonlarni tadqiq qilishda zarur bo‗lgan muhim ma‘lumotlar yig‗ish imkonini beradi. Aerokosmik tadqiqotlar usuli samarali tadqiqot usullaridan biri bo‗lib, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyada kenglik bo‗yicha, ya‘ni katta hududlarda (kichik masshtabli) tabiat, xo‗jalik, aholi, atrof-muhit majmuasini tadqiq qilishda keng foydalanilmoqda. Ayni vaqtda, aniq hududlarda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, hududiy tashkil qilish, xo‗jalik va aholi joylashuvi, shaharlar, aglomeratsiya va iqtisodiy rayonlar chegaralari, atrof-muhit holati to‗g‗risida aniq va yangi ma‘lumotlar olish imkonini beradi. Bu usul orqali kerakli hududni tanlab olib o‗rganish va natijalarni boshqa hududlarga tatbiq qilish ham mumkin. So‗nggi yillarda geografiya fanining notabiiy tarmoqlari ilmiy tadqiqotlarida Klasterli yondashuv dan keng foydalanilmoqda. Klaster modelini joriy etishning tarafdori M.Porterning fikricha, klasterlar geografik jihatdan o‗zaro bog‗langan kompaniyalar, firmalar, tashkilotlar (korxonalar, agentliklar, markazlar, universitetlar va hokazolar)ning mujassamlashuvidir. Klasterlar, aslida, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish haqidagi nazariy qarashlar va amaliyotning evolutsiyasi natijasidir. Xususan, XIX asr va XX asr birinchi yarmida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish shtandortlari, rayon kombinatlari, energiya ishlab chiqarish sikllari kabi nazariy qarashlar ostida sanoat o‗sishi qutblari, sanoat rayonlari, hududiy ishlab chiqarish majmualari tashkil etildi. O‗tgan asrning 70-yillaridan esa jahonda ishlab chiqarish aloqalarida o‗zaro bog‗langan turli bo‗g‗inlarning yuqori kooperatsiyasi va mujassamlashuvini o‗zida qamrab olgan klasterlar joriy etila boshlandi. Rivojlangan mamlakatlarda hozirgi kunda iqtisodiyotning turli sohalarida minglab klasterlar faoliyat yuritmoqda. Professor A.Soliyev ta‘biri bilan aytganda, qo‗yilgan maqsad va vazifalarni yechish ushbu masalani moliyaviy, ashyoviy, tashkiliy va boshqa tomondan uyushtirilishini taqozo etadi. Bu tadbirlar majmui esa dasturni tashkil qiladi. Shu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling