«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari va topshiriqlar
- 4-BOB. IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA FANINING SHAKLLANISHI
- IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 38
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
37 firmalar faoliyati, aholi yashash manzilgohlari, assotsiatsiyalar, dehqon-fermer va uy xo‗jaliklarining iqtisodiy holatini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Bunda asosiy e‘tibor mahalliy sharoit, mehnat resurslari, ishlab chiqarish aloqalari hamda istiqbolda rivojlanish masalalariga qaratiladi. Nazorat savollari va topshiriqlar: 1. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning qanday tadqiqot usullari mavjud? 2. Tadqiqotlarda geografik taqqoslash usuli qanday amalga oshiriladi? 3. Tarixiy usul deganda nimani tushunasiz? 4. Geografik tadqiqotlarda rayonlashtirish usulining ahamiyatini tushuntiring. 5. Statistik tahlil usuli nimaga asoslanadi? 6.
7.
8.
9.
4-BOB. IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA FANINING SHAKLLANISHI Reja: 4.1. ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‖ fanining shakllanish tarixi. 4.2. O‗zbekistonda ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‖ fani ilmiy yo‗nalishlarining rivojlanishi. 4.3. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va hududiy tashkil qilish tushunchalari. 4.4. Ishlab chiqarishni joylashtirishning klassik g‗oyalari. IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 38 Geografiya fanining rivojlanishi Antik davrga, mamlakatlar o‗rtasida hududiy (geografik) mehnat taqsimoti, ya‘ni har bir hududning o‗ziga xos tabiiy sharoiti va resurslari, iqtisodiy geografik o‗rni, xalqlarning urf-odatlari va an‘anlari asosida ma‘lum bir mahsulotlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko‗rsatishga ixtisoslashishi va ular o‗rtasida tovar ayirboshlash jarayonining shakllanishi davriga borib taqaladi. Mamlakatlar o‗rtasida hududiy mehnat taqsimotining shakllanishi geografiya fanlari tizimida dastlabki iqtisodiy geografik tadqiqotlarning vujudga kelishiga olib keldi. Qadimgi yunon olimi Strabon o‗zining 17 tomlik ―Geografiya‖ deb nomlangan asarida, aholining hududiy joylashuvi, mamlakatlar va hududlar o‗rtasidagi tovar ishlab chiqarish va savdo-sotiq aloqalarini yoritgan. Ayniqsa, milodning V asridan XVII asr o‗rtalariga qadar bo‗lgan davrda ishlab chiqarish kuchlarining sezilarli taraqqiyoti (foydali qazilmalardan keng foydalanish, metall eritish, ip va shoyi gazlamalar to‗qish, gilam, qog‗oz va chinni buyumlar ishlab chiqarish, shamol va suv kuchidan foydalanish, kemachilikning rivojlanishi va dastlabki geografik kashfiyotlar, mamlakatlarning siyosiy, savdo va madaniy markazlari sifatida shaharlar rolining ortishi, fanning taraqqiyoti, ichki bozorning shakllanishi) hamda davlatlar o‗rtasidagi savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida sharqiy yarimsharda 3 ta yirik mintaqaviy savdo markazlarining (Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa – Venetsiya, Genuya, Ginza Ittifoqi va Yaqin Sharq) shakllanishi xalqaro bozorning yuzaga kelishi uchun shart-sharoit hozirladi. O‗z navbatida, kapitalning dastlabki jamg‗arilishi jarayoni, tabiiy fanlar ravnaqi, xalqlarning millat bo‗lib shakllanishi, Buyuk geografik kashfiyotlar, aholi migratsion harakatlarining boshlanishi, xalqaro savdoning kuchayishi xalqaro bozorlarning yuzaga kelishiga, mustamlakachilikning boshlanishiga va dastlabki iqtisodiy hamda iqtisodiy geografik qarashlarning ta‘limot sifatida mujassamlashuviga olib keldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling