«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
46 boshlarida aholi joylashuvi va shaharlar muammosi bilan V.P.Semyonov, A.I.Voykovlar ham shug‗ullanishgan. XX asr 50-yillarining o‗rtalaridan boshlangan fan-texnika inqilobi (FTI) tabiat va jamiyat (T J) o‗rtasidagi munosabatlarni kengaytirdi va chuqurlashtirib yubordi, ishlab chiqarish tizimlarida va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda muhim sifat o‗zgarishlari uchun yo‗l ochildi. Tabiiy resurslarni o‗zlashtirish kuchaydi, mutlaqo yangi resurslar ishlab chiqarishga yo‗naltirildi. O‗zlashtirilishi murakkab va qiyin (agroiqlimiy jihatidan) bo‗lgan hududlarni jadal o‗zlashtirish bilan bir qatorda, qadimdan o‗zlashtirilgan hududlarda cho‗llanish jarayonlari ham kuchaydi. FTI gurkirab rivojlanishi, aholi soni ko‗payishining tezlashuvi oqibatida insoniyatning tabiatga, atrof-muhitga ta‘siri kuchaydi va industrial yo‗nalishdagi antropogen (ikkinchi tabiat) landshaftlar (manzara, ko‗rinish) yuzaga keldi. Antropogen landshaftlarning tobora hukmron mavqeni egallab borishi tabiiy muhit tabiiyligining yoki birlamchi tabiatning asta-sekin yo‗qolib borishiga va bunday tabiat-jamiyat o‗rtasidagi qayta aloqalar esa murakkab ekologik inqirozlarning yuzaga kelishiga hamda umumbashariy muammoga aylanishiga olib keldi. Natijada, iqtisodiy geografiya tadqiqotlarida ekologik jarayonlarning o‗rganilishi kengaydi. ―Iqtisodiy geografiya‖ fani ekologik jarayonlarni tarmoq va hududiy jihatdan o‗rganadi. Iqtisodiy geografiya fanining vazifasi tabiat rivojlanishining obyektiv qonuniyatlari (TOQ) va jamiyat rivojlanishining obyektiv qonuniyatlarini (JOQ) bir-biri bilan bog‗liq holda, ya‘ni (TOQ JOQ) tabiat – aholi – ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar (T A
IIT) o‗rtasida barqaror doimiy (qayta) aloqalarning shakllanishini, bu aloqalar rivojlanish bosqichlarining amal qilishi, davom etishi va boshqarilishi jarayonlarini tadqiq qilishdan iborat. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va unga asos bo‗lgan fan yo‗nalishlarining vujudga kelishida boshqa olimlarning xizmati ham sezilarli bo‗lgan. Nemis olimi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling