«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
44 ba‘zi zaruriy imkoniyatlarni hisobga olish lozim. Bu o‗rinda, harbiy geografiya mamlakatlarning harbiy-iqtisodiy salohiyatini ham o‗rganadi. Harbiy-iqtisodiy salohiyat mamlakatlar iqtisodiy salohiyatining tarkibiy qismi bo‗lib, undan urushlar olib borishda foydalanish mumkin. Bir xil umumiy iqtisodiy imkoniyatli mamlakatlardan qaysi birida harbiy munosabatlar kuchli bo‗lsa, o‗sha mamlakat katta harbiy-iqtisodiy salohiyatga ega bo‗ladi va undan yaxshi foydalaniladi. Harbiy maqsadlarda iqtisodiy salohiyatdan foydalanish darajasi harbiy-siyosiy vaziyatni, urushning xarakterini, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmasini aniqlab beradi. Harbiy geografiya davlatlar harbiy qudrati asoslarini tadqiq qilishda siyosiy geografiya va boshqa ijtimoiy fanlarning ma‘lumot va yo‗l-yo‗riqlaridan foydalanadi. U jamiyat va davlat tuzilmalarining safarbarlik imkoniyatlarini o‗ziga xos baholashda va mamlakatlarning barcha resurslaridan mudofaa maqsadlarida foydalanishda yuqoridagi fanlar ko‗rsatmalariga amal qiladi. Shuningdek, iqtisodiy geografiya fanining sobiq Ittifoqda rivojlanishi XX asrning 20-yillarida butun mamlakatni elektrlashtirishga qaratilgan dasturning amalga oshirilishi bilan bog‗liq bo‗lgan. Bu reja iqtisodiyotni ko‗tarish nuqtai nazaridan hududlardagi mahalliy yoqilg‗i resurslari asosida yirik elektrostansiyalarni qurish va ularning negizida metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati tarmoqlarini shakllantirishga qaratilgan edi. Mazkur rejaning asosiy maqsadi, mamlakat hududlarida katta ahamiyatga ega bo‗lgan og‗ir sanoat tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirish bo‗lib, buning natijasida, yirik transport magistral yo‗llarini tashkil etish ham e‘tiborga olingan. Ushbu rejani amalga oshirish, o‗z navbatida, mamlakat hududlarining tabiiy resurslari va sharoitlarini, iqtisodiy geografik o‗rnini, aholi va mehnat resurslarini, hududiy ixtisoslashish va boshqa imkoniyat va sharoitlarni majmuali o‗rganishni talab etadi. Oqibatda esa iqtisodiy geografik tadqiqotlarni olib borish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Iqtisodiy geografik tadqiqotlarning asosiy ilmiy yo‗nalishlarida, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling