«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet37/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

42 
Harbiy geografiya faqat urush-yurishlar bilan aloqador masalalar bilangina 

emas, balki mamlakatning iqtisodiy va demografik qudrati, qazilma boyliklari,


ulardan foydalanish kabi muammolar bilan ham shug‗ullanar edi. Shu bilan birga, 
harbiylar juda ko‗p geografik ekspeditsiyalarni tashkil etdilar va ularning o‗zlari bu
tadbirlarda faol qatnashdilar. Masalan: rus geografiya jamiyatining ta‘sis etilishi va 
uning faoliyatida admiral V.P.Litke, kartografiya va geografiyaning rivojlanishida
general-leytenant V.V.Vitkovskiylarning xizmati samarali bo‗lgan. Qozoq geografi 
va etnografi Ch.Valixonov, Markaziy Osiyoni o‗rgangan V.M.Prjevalskiylar ham
harbiy zobit bo‗lgan. 
Bu o‗rinda shuni qayd etish lozimki, garchi harbiy geografiya fan sifatida
XVIII asrdan e‘tirof etilsa-da, harbiy geografiyaga doir bilimlar uzoq davrlardan 
buyon shakllanib kelgan, o‗rganilgan hamda qo‗llanilgan. Bunga ajdodlarimiz
Amir Temur va Zahiriddin Muhammad Bobur hayotlaridan ko‗plab misollar 
keltirish mumkin.
Xo‗sh, harbiy geografiya o‗zi qanday fan? U o‗z ichiga nimalarni qamrab 
oladi? Hozirgi harbiy tuzilmalar davlatlar va ularning ittifoqlari hayoti hamda
faoliyatining barcha jihatlariga dahldor murakkab ijtimoiy hodisadir. Shu sababli, 
harbiy fanlarda qurolli urushni boshqarish usullarinigina bilish yetarli emas.
Harbiy fanlar alohida mamlakatlar va ular ittifoqlarining iqtisodiy, siyosiy, 
ma‘naviy va harbiy imkoniyatlariga, ehtimoliy urush maydonining tabiiy va
ijtimoiy sharoitiga qiziqadi. Bularni o‗rganish bilan qator fanlar, jumladan, harbiy 
geografiya ham shug‗ullanadi. Harbiy geografiya mamlakatlar va urush
maydonlaridagi siyosiy kuchlarni, mamlakatlar va davlatlar ittifoqining iqtisodiy 
va harbiy imkoniyatlarini, ularning joylashtirilishini hamda tabiiy sharoitni harbiy
faoliyatni olib borish va butun urushga ta‘siri nuqtai nazaridan o‗rganadi.
Harbiy geografiya ikki asosiy bo‗limdan tarkib topgan: harbiy
mamlakatshunoslik va urush maydonlarini tavsiflash. Shu bilan birga, harbiy 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling