«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
54 eksportdan oladigan foydasi import to‗lovlarini qoplash imkoniyati darajasida bo‗ladi. Bu xalqaro qiymat qonuni yoki ―Xalqaro qiymat nazariyasi‖ Millning katta xizmatidir. Xalqaro qiymat nazariyasi shuni ko‗rsatadiki, mamlakatlar o‗rtasida tovar almashishni mo‗tadillashtiruvchi baho mavjud. Bu bozor narxi, talab va ehtiyojga bog‗liq. Burjuaziya siyosiy iqtisodi klassik nazariyasi taraqqiyoti haqida yangi so‗zni Gotfrid Xaberler aytdi va u nafaqat mehnatni, balki ishlab chiqarishning barcha omillarini aniqlashtirib berdi. Hozirgi zamon xalqaro savdo oqimi tuzilishi va yo‗nalishlari haqidagi tasavvurlarga shved iqtisodchi olimlari Eli Xeksher va Bertil Olin asos soldilar. Ularning taqqoslama ustunlik haqida tushuntirish-laricha, u yoki bu mamlakatda ma‘lum mahsulotlarga egalik munosabati ishlab chiqarishning ta‘minlanish omillari darajasiga bog‗liq. E.Xeksher va B.Olin ishlab chiqarish omillari – mehnat, yer, kapital, shuningdek, u yoki bu tovarlarga ichki turli talablar bahoni tenglashtirishi teoremasini olg‗a surdilar. 1948-yilda amerikalik iqtisodchilar P.Samuelson va V.Stolper Xeksher-Olin teoremasi isbotini takomillashtirdilar. Ya‘ni ishlab chiqarish omillari bir turliligi, texnikalar bir xilligi, xalqaro tovar almashishda tovarlarni to‗liq safarbarligi va raqobat mamlakatlar o‗rtasida narx omillarini tenglashtiradi. Bundan keyingi tashqi savdo nazariyasi taraqqiyoti amerikalik iqtisodchi V.Leontyevning ―Leontyevning o‗ziga xos fikrlari‖ nomli ishida o‗z ifodasini topdi. O‗ziga xos fikrlar shundan iboratki, Leontyev Xeksher-Olin teoremasidan foydalanib, urushdan keyingi davrda Amerika iqtisodiyoti kapitaldan chiqarish turlariga ixtisoslashganini ko‗rsatib berdi. Boshqacha aytganda, Amerika eksporti importga qaraganda bir muncha mehnat talab va kam xarjroq. Bu xulosa AQSh iqtisodiyoti haqida avvalgi tavsavvurlarni chippak-ka chiqardi. Umumiy xulosaga ko‗ra, u hamisha kapitalni keragidan ortiqligi bilan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling